$
12233.67 UZS
48.56
154.84 UZS
2.26
14233.88 UZS
152.77
31° Kechasi 18°

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

16:53 / 13.10.2025

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblangan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbir “Zo‘r TV” telekanalining Renaissance Hall zalida bo‘lib o‘tdi va avtomobilsozlik sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar va brend muxlislarini jamladi. Taqdimot texnologiya, yorqinlik, musiqa va his-tuyg‘ularni birlashtirgan haqiqiy shouga aylandi.

Mehmonlarni fotosurat maydonlari, ko‘zguli yo‘laklar va interaktiv installyatsiyalardan iborat neonli muhit kutib oldi. Kechaga DJ-setlar, akrobatik sahnalar va “Reginight” jamoasining raqs chiqishlari hamrohlik qildi hamda chiroqlar shousi ostida yangi Chery Arrizo 8 Hybrid modelining yorqin ochilishi bilan yakunlandi. Mashhur xalqaro “Morandi” guruhi tadbirning xedlayneri bo‘lib, uning chiqishi kechaning yorqin yakuni bo‘ldi va ushbu tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

 ADM Global bosh direktori Doniyor Davletiyarovning ta’kidlashicha:

“ADM Jizzakh zavodida birinchi Chery gibrid avtomobilining ishlab chiqarilishi korxonamiz rivojlanishida muhim bosqich sifatida namoyon bo‘ldi. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini jiddiy modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish natijasidir.

Biz O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining ekologiya, innovatsiya va sifatga yo‘naltirilgan global transformatsiyasining bir qismiga aylanayotganidan faxrlanamiz. Bizning kelajagimiz — bu yangi texnologiyalar, yangi bozorlar, yangi imkoniyatlar.

Bizning asosiy ustuvor vazifamiz — kadrlarni rivojlantirish. Bizga 2000 dan ortiq muhandislar zarur bo‘ladi va biz istiqboldagi mutaxassislarini tayyorlash uchun o‘z R&D markazimizni yaratishga faol investitsiyalarni kiritmoqdamiz.

Bizning keyingi bosqichimiz — CKD PHEV/IYoD (ichki yonuv dvigatel)ni ishga tushirish: an’anaviy va gibrid texnologiyalarni mujassamlashtirgan platformalarni birlashtirish”.

O‘z navbatida, ADM Global kompaniyalar guruhi ta’sischilaridan biri Murod-Mirzo Sharipov so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekiston bugungi kunda investitsiyalar va yuqori texnologiyali loyihalar uchun qulay sharoitlar yaratib, jadal rivojlanmoqda. Ishonamizki, Arrizo 8 Hybrid’ni ishga tushirish kabi tashabbuslar nafaqat Chery va ADM Global’ning mavqeini mustahkamlaydi, balki texnologiyalar va barqarorlik yonma-yon bo‘lgan istiqbolni shakllantirib, mamlakatning butun avtomobil sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi”.

“Arrizo 8 Hybrid taqdimoti O‘zbekistonda Chery uchun yangi davrning boshlanishidir. Bu ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilgan brendning birinchi gibrid avtomobili bo‘lib, yanada ekologik toza va intellektual texnologiyalarga o‘tish timsoli sifatida bo‘ladi, — dedi Chery Uzbekistan direktori Pyer-Eli Dolua. — Biz O‘zbekiston — yosh, dinamik, innovatsiyalarga ochiq jamiyatga ega mamlakat jadal rivojlanayotganini ko‘rib turibmiz. Va biz bu taraqqiyotga bo‘lgan intilishni birgalikda baham ko‘ramiz. Chery Arrizo 8 Hybrid bizning kelajak haqidagi tasavvurimiz: mahalliy bozor uchun maxsus yaratilgan qudrat, samaradorlik va raqamli yechimlarning uyg‘unligini o‘zida mujassam etadi. Bu nafaqat kompaniyamiz, balki butun mamlakat avtomobilsozlik sanoati uchun oldinga tashlangan qadamdir”.

Quvvat va intellekt bir kuzovda mujassam

Yangi Chery Arrizo 8 Hybrid brend falsafasining timsoliga aylandi — uslub, intellekt va ekologik texnologiyalarni birlashtiradi. Ushbu old g‘ildirakli avtomobil eng yuqori quvvati 347 ot kuchiga ega 1,5 litrli zamonaviy turbinali kuch agregati (PHEV) hamda 1DHT maxsus gibridli transmissiya bilan jihozlangan. Mazkur avtomobil 100 km/soat tezlikka 7,3 soniyada erishadi va elektr tortish kuchining o‘zida 125 km yoki atigi 3,9 l/100 km bilan o‘rtacha sarfda O‘zbekistonning haqiqiy yo‘l sharoitlarida 1463 km gacha harakatlana oladi.

Bejirim dizaynga 18 dyuymli yengil qotishmali diskalar, LED optika va panoramali tom qismi qo‘shilgan bo‘lib, interyer texnologiya jihatdan zamonaviylik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan: raqamli qurilmalar paneli va 12,3 dyuymli multimedia-displey, 12 dona dinamiklarga ega SONY audio tizimi, jumladan, sabvufer, o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, ikki hududli iqlim-nazorati va AQS havo tozalash tizimi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, multimedia tizimi O‘zbekiston bozoriga to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida mavjud.

Zamonaviy xavfsizlik va qulaylik

Arrizo 8 Hybrid’da xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan. Sedan o‘nta xavfsizlik yostiqchalari, shu jumladan haydovchi va oldingi yo‘lovchi uchun tizza yostiqchalari — bu o‘z turkumidagi mavjud bo‘lgan eng yuqori darajadagi himoya bilan jihozlangan.

Gibrid tizim batareyasi IP68 yuqori zichlik toifasiga ega, chang va namlikka chidamli va suvga to‘liq botishga bardosh bera oladi. To‘qnashuv sodir bo‘lganda, yuqori kuchlanishli elektr ta’minoti atigi 2 millisekundda uziladi va qisqa tutashuv xavfini bartaraf etadi.

Energiya yutuvchi qatlamlarga ega mustahkam po‘lat korpus va har besh daqiqada 800 dan ortiq tekshiruvni amalga oshiradigan intellektual o‘z-o‘zini diagnostika qilish tizimi tengsiz bo‘lgan himoya darajasini yaratadi.

Moslashuvchan kruiz-nazorati, yo‘l qismida ushlab turish, 360° doira bo‘ylab ko‘rish va Avtomat tarzda tormozlash tizimlari har bir safarmi hatto jo‘shqin bo‘lgan shahar sharoitida ham maksimal darajada qulay va xavfsiz qiladi.

Komplektatsiya va narxlar

Arrizo 8 Hybrid ikki xil komplektatsiyalarda taqdim etilgan:

● Lyuks — 344 900 000 so‘m;

● Premium — 364 900 000 so‘m.

Ikkala versiya ham Chery flagman modellariga xos bo‘lgan texnologiya, bejirim dizayn va yuqori darajadagi jihozlanishni o‘zida mujassam etgan.

Arrizo 8 Hybrid taqdimoti mamlakatdagi avtomobil yilining eng yorqin voqealaridan biriga aylandi va Chery’ning mijozlarga jahon darajasidagi zamonaviy va texnologik yechimlarni taklif qilish orqali O‘zbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlashga intilishini namoyon qildi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz 

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/ 

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan 

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot 

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan 

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan 

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaz…
15:53 / 15.10.2025

														
														Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti vizasiz kirish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soniga asoslangan reytingda 82-o‘rinni egalladi. Bu haqda “He…
14:42 / 15.10.2025

														
														Matematika fanidan olimpiada testlari tarqalib ketdi

Matematika fanidan olimpiada testlari tarqalib ketdi

Olimpiada qayta o‘tkaziladi.
12:58 / 15.10.2025

														
														Qashqadaryoda 2,4 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘margan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Qashqadaryoda 2,4 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘margan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 477 million so‘mlik …
11:10 / 15.10.2025

														
														Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga ye…
10:32 / 15.10.2025

														
														Toshkentda yuqori sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini kaltakladimi?

Toshkentda yuqori sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini kaltakladimi?

Holat aslida qanday bo‘lgan edi?
09:20 / 15.10.2025

														
														Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga jinoyat ishi ochildi

Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga jinoyat ishi ochildi

Hozirda mavjud jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
08:32 / 15.10.2025

														
														Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya hukumati O‘zbekiston va yana bir qator davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.
18:01 / 14.10.2025

														
														15-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
17:28 / 14.10.2025

														
														Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan…
16:56 / 14.10.2025

Bu ham qiziq

Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun jang qiladi

Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun jang qiladi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik jangiga buyruq berdi.
12:59 / 14.10.2025
Matematika fanidan olimpiada testlari tarqalib ketdi

Matematika fanidan olimpiada testlari tarqalib ketdi

Olimpiada qayta o‘tkaziladi.
12:58 / 15.10.2025
Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti vizasiz kirish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soniga asoslangan reytingda 82-o‘rinni egalladi. Bu haqda “He…
14:42 / 15.10.2025
Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi.
09:25 / 14.10.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaz…
15:53 / 15.10.2025
Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan…
16:56 / 14.10.2025
“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

Prezident mahallalarda tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish haqida gapirdi.
15:24 / 14.10.2025
Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Jarayon qariyb ikki soat davom etgan, bemor esa hozirda shifokorlar nazoratida.
19:57 / 15.10.2025
Qamchiq dovonida turizm maskani barpo etiladi

Qamchiq dovonida turizm maskani barpo etiladi

13-oktyabr kuni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov loyiha bo‘yicha xorijiy mutaxassislar bilan uchrashdi.
10:06 / 15.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!