$
12142.10 UZS
-52.11
150.53 UZS
0.56
14079.98 UZS
95.66
31° Kechasi 18°

Qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va agrar sohani subsidiyalash rejalari koʻrib chiqildi

16:48 / 09.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilik va g‘allachilikni moliyalashtirishni samarali tashkil etish hamda agrar sohada subsidiyalar ajratishning yangi tizimi haqidagi taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimot avvalida joriy yilda sohaga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslar va ularning natijalari to‘g‘risida axborot berildi.

Qayd etilganidek, paxtachilik va g‘allachilikni moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga jami 29 trillion so‘m ajratildi. Sohaga 2,35 trillion so‘m subsidiyalar yo‘naltirildi.

O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan xo‘jaliklarga paxta qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratilishi natijasida 3430 fermer va klasterlar 151 ming gektar maydonda o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirdi va 1,9 trillion so‘m resurs tejaldi.

Yoki paxta yetishtirishga olingan kreditni joriy yil yakuniga qadar to‘liq qaytargan fermerlarga foiz to‘lovining 4 foiz bandini qaytarib berish imkoniyati tufayli 9002 nafar fermer 2,5 trillion so‘m imtiyozli kreditlarni muddatidan oldin qaytardi.

Kelgusi yilda paxta va g‘alla hosili, subsidiya va boshqa xarajatlarga jami 34,2 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgani, qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ jalb qilib, 800 ta paxta terish mashinasi xarid qilinishi ma’lum qilindi. Bu borada joriy qilinishi taklif etilayotgani yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 2026-yilda agrotexnik tadbirlar, shu jumladan, plyonka va egiluvchan quvurlar uchun qo‘shimcha 5 trillion so‘m ajratish taklif qilindi. Hosil yetishtirishda kredit limitining 50 foizigacha foydalanganda, sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratilsa, o‘z mablag‘i va qisman kredit hisobidan hosil yetishtiradigan fermerlar soni 4-4,5 mingga yetishi va ularning 2,5-3 trillion so‘m mablag‘i iqtisod bo‘lishi ta’kidlandi.

Hozirda fermerlarga kredit ajratishda moliyaviy barqaror xo‘jaliklarga ham, to‘lov intizomiga rioya etmayotganlariga ham bir xil foiz stavkasi qo‘llanmoqda. Shu bois, fermerlar orasida “intizomli bo‘lish – arzon kredit” modelini shakllantirish uchun “A” kredit reytingiga ega xo‘jaliklarga 2 foizga, “B” toifadagilarga 1 foizga pasaytirilgan stavkada kredit ajratish va shu orqali intizomli fermerlarning kredit yukini kamaytirish taklif qilindi.

Bundan tashqari, o‘z mablag‘i hisobidan bug‘doy yetishtirgan fermerlarga uning qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratish tashabbusi bildirildi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, fermerlarni rag‘batlantirish, ularda ishonch va iqtisodiy manfaatni kuchaytirish – qishloq xo‘jaligi rivojining asosiy tayanchi hisoblanadi, shu bois agrar sohada qo‘llab-quvvatlash vositalari doimiy ravishda kengaytirib boriladi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 22-noyabrdagi “Agrar sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, agrar sohada davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi.

Taqdimotda agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi qanday tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.

Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida 52 turdagi subsidiya ajratilmoqda. Yangi tizimda ushbu jarayon tubdan soddalashtirilib, inson omili tubdan qisqartirilib, byurokratiya kamaytiriladi, arizalarni ko‘rib chiqish to‘liq raqamlashtiriladi va barcha jarayonlar “Agroportal” orqali amalga oshiriladi.

Buning uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimiga 10 dan ortiq vazirlik va idoralarning axborot tizimlari integratsiya qilinadi.

Jumladan, 2026-yil uchun mo‘ljallangan 1,3 trillion so‘mlik subsidiyalarni talabgorlar ishtiroki zarur bo‘lmagan holda davlat idoralari tomonidan proaktiv tarzda, qolgan subsidiyalar ayrim kelishish, xulosa olish va hujjatlarni rasmiylashtirish bosqichlarini chiqarib tashlagan holda soddalashtirilgan tartibda, ortiqcha ovoragarchiliksiz beriladi. Natijada subsidiya ajratish muddatlari keskin qisqaradi.

Davlatimiz rahbari moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, subsidiyalarning manzilliligi va tezkorligini ta’minlash, barcha jarayonlarni raqamlashtirish va fermerlar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.


O‘zbekiston


														
														Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

														
														3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026

														
														Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026

														
														Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026

														
														Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026

														
														Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026

														
														Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

														
														Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026

														
														2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026

Bu ham qiziq

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!