$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda inversiya tufayli havo ifloslanishi kelasi hafta so‘ngigacha davom etadi

11:43 / 08.01.2026

O‘zbekistonda havo ifloslanishini kuchaytirgan harorat inversiyasi 16—17-yanvarga qadar saqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

So‘nggi kunlarda mamlakatda harorat inversiyasi bilan bog‘liq noqulay meteorologik sharoitlar oqibatida havo sifatining pasayishi kuzatilmoqda. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinovning ma’lum qilishicha, ushbu hodisa kunduzgi va kechki havo haroratining ayrim hollarda 14 gradusgacha keskin farq qilishi, tuman tushishi, shamol tezligini pasayishi natijasida ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosida tarqalishini qiyinlashtirmoqda.

Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, noqulay meteorologik sharoitlar 16—17-yanvarga qadar saqlanishi kutilmoqda. Antisiklonlar kelishi natijasida yog‘ingarchilik yog‘ishi va shamol tezligi oshishi bilan atmosfera havosi sifati normallashuvi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” axborotida keltirilishicha, 8-yanvar kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan oshmadi. PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 101 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 1,7 marta oshgan.

Iskandar Qutbiddinovning qayd etishicha, maxsus komissiya ekologik holat yuzasidan aholiga muntazam axborot berish bilan birga tegishli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirmoqda. Bugungi kunda maxsus komissiyasining e’tibori sanoat va xo‘jalik obyektlarida ekologik reydlar va nazorat tadbirlariga qaratilgan.

Noqulay ob-havo sharoitida atmosfera havosiga antropogen (ya’ni insoniy faoliyat)ning yuklamasini kamaytirish uchun korxonalarning quvvatlari cheklanmoqda va ayrimlarining faoliyati to‘xtatilmoqda.

1—7-yanvar kunlari Toshkent shahridagi 12 ta va Toshkent viloyatidagi 22 ta ishlab chiqarish korxonasida tekshiruvlar o‘tkazildi hamda ta’sirchan choralar ko‘rilgan. Atmosfera havosini ifloslantirgan o‘nlab avtotransport vositalariga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan. Shu bilan birga, profilaktik choralar ham amalga oshirilmoqda: tashlama manbalari ustidan monitoring kuchaytirildi, atmosfera havosi sifati tezkor baholab borilmoqda.

“Maxsus komissiya tomonidan ekologik reydlar va monitoring tadbirlari inversiya yakunlangach ham davom ettiriladi. Ko‘rilayotgan barcha choralar yuzaga kelgan xavflarni minimallashtirish hamda aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Barcha chora-tadbirlar ilmiy asoslangan tavsiyalarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirib kelinmoqda”, – dedi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

Harorat inversiyasi qisqa muddatli va oldindan prognoz qilinadigan meteorologik hodisa bo‘lib, bu davrda davlat tashkilotlari kuchaytirilgan rejimda ish olib boradi va ifloslanishni yumshatish uchun sinovdan o‘tgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.


O‘zbekiston


														
														Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda har ikki haydovchi va Nexia’dagi yo‘lovchi (Xitoy fuqarosi) voqea joyida vafot etgan. Cobalt’dagi yana ikki nafar y…
17:06 / 05.04.2026

														
														Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan Besh…
16:57 / 05.04.2026

														
														170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026

														
														Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
15:51 / 05.04.2026

														
														Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026

														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

Bu ham qiziq

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!