$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Solovyov Rossiya Markaziy Osiyoda ham Ukrainadagi kabi “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishi kerakligini aytdi

08:34 / 12.01.2026

Rossiya nafaqat Ukrainada, balki boshqa sobiq sovet mamlakatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» o‘tkazishi mumkin. Bu haqda rossiyalik teleboshlovchi va targ‘ibotchi Vladimir Solovyov o‘zining mualliflik ko‘rsatuvida Moskvaning tashqi siyosiy manfaatlari haqida gapira turib so‘z ochdi.

U xalqaro huquq normalarini inkor etgan holda qo‘shni davlatlarga nisbatan harbiy kuch ishlatish g‘oyasini ilgari surdi. Uning ahmoqona fikricha, Rossiya o‘zining ta’sir doirasi deb biladigan hududlarda, xususan Markaziy Osiyo mintaqasida “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishi kerak.

“Armanistondan ayrilish — bu biz uchun strategik inqirozdir. “Bizning Osiyo”, ya’ni ular Markaziy Osiyo deb ataydigan mintaqadagi muammolar esa Rossiya uchun halokatli xavf tug‘dirishi mumkin. Biz nihoyat maqsad va vazifalarimizni keskin va aniq belgilab olishimiz shart. Shuni ochiq aytish kerakki: o‘yinlar tugadi. Xalqaro huquq va soxta tartib-qoidalarga qarashning hojati yo‘q. Agar milliy xavfsizligimizni himoya qilish uchun Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlashga majbur bo‘lgan bo‘lsak, nima uchun aynan shu mantiq bilan ta’sir doiramizning boshqa strategik nuqtalarida ham xuddi shunday harakatlarni amalga oshira olmaymiz?” — dedi u.

Solovyov o‘zining agressiv ritorikasi va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishi bilan tanilgan bo‘lib, uning chiqishlari bir necha bor xalqaro miqyosda qoralangan. Uning bu galgi bayonoti ham Rossiyaning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarida kuch ishlatish siyosati ustuvor bo‘lib qolayotganidan dalolat beradi.

Ma’lumot uchun, Solovyov Rossiya propagandistlaridan biri. U doim keskin va provokatsion uslubda gapiradi. Uning chiqishlari ko‘p marta Armanistonda taqiqlangan, Yevropa va Ukrainada qoralangan.

 



														
														Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026

														
														Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026

														
														Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026

														
														Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 57…
12:31 / 30.03.2026

														
														Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
15:17 / 29.03.2026

														
														AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

Muhammad Bog‘ir G‘olibafning aytishicha, AQSh muzokaralar haqida ochiq xabarlar tarqatmoqda, lekin yashirincha yer operatsiy…
15:01 / 29.03.2026

														
														Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

“Pokiston Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlarini yakshanba kuni davom etayotgan yaqin Sharqdagi urush…
17:53 / 28.03.2026

														
														Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi fonida benzin narxi ham oshgan.
12:19 / 28.03.2026

														
														Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp “Kelajak investitsiyalari tashabbusi” tadbirida nutq so‘zlar ekan, Hormuz bo‘g‘ozini adashib “T…
09:43 / 28.03.2026

														
														Dollar kupyuralariga Tramp imzosi tushiriladi

Dollar kupyuralariga Tramp imzosi tushiriladi

Yangi imzo tushirilgan dastlabki 100 dollarlik kupyuralar joriy yilning iyun oyida bosib chiqarila boshlanadi.
17:13 / 27.03.2026

Bu ham qiziq

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026
Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bo…
17:18 / 30.03.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!