$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

AQSh 24 soat ichida Eronga hujum uyushtiradi – Manba

10:57 / 15.01.2026

AQSh yaqin 24 soat ichida Eronga zarba yo‘llaydi. Bu haqda kecha, 14-yanvar kuni yevropalik rasmiylarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Eron qo‘shni davlatlarni ogohlantirib, agar AQSh tomonidan hujum uyushtirilsa, ular o‘z hududida joylashgan Amerika harbiy bazalariga zarba berishini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng Vashington Yaqin Sharqdagi bazalaridan harbiylarning bir qismini olib chiqish haqida qaror qabul qilgan.

Qatar hududidagi AQShning Al-Udayd aviabazasidagi ayrim harbiylarga 14-yanvar kechga qadar bazani tark etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Agentlik suhbatdoshlaridan biri bu jarayon evakuatsiya emas, balki shunchaki qayta joylashtirish ekanini ta’kidlagan.

Al-Udayd aviabazasi AQShning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy bazasi hisoblanadi. U yerda taxminan 10 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchi joylashgan. 2025-yil 23-iyunda Tehron AQShning Isfahon, Fordo va Natanzdagi Eron yadro obyektlariga hujumiga javoban ushbu bazaga zarba bergan edi. O‘shanda Tramp 14 ta raketadan 13 tasi urib tushirilgani, yana bittasi xavf tug‘dirmaganini aytgan. Qatar esa aviabaza yo‘nalishida yetti raketa uchirilganini, ulardan biri baza hududiga kelib tushganini bildirgan.

13-yanvar kuni Tramp eronlik namoyishchilarga murojaat qilib, ularni davlat muassasalarini egallashga chaqirgan hamda “yordam allaqachon yo‘lda” ekanini aytgan. Jurnalistlar bilan suhbatda AQSh prezidenti bu so‘zlari bilan nimani nazarda tutganini aniqlashtirmagan, biroq amerikalik fuqarolarning Erondan evakuatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilishi kerakligini bildirgan.

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyining oxiridan beri davom etmoqda. Namoyishlar mamlakatdagi chuqur iqtisodiy inqiroz fonida boshlangan. Yil oxiriga kelib inflyatsiya darajasi 42,2 foizga yetgan, milliy valyuta esa rekord darajada qadrsizlanib, 1 dollar uchun 1,42 million rialgacha tushib ketgan.

Namoyishchilar hukumat va Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning iste’fosini talab qilmoqda. Norozilik aksiyalari o‘nlab shaharlarni qamrab olgan. Butun mamlakat bo‘ylab internet o‘chirilgani sababli qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tasdiqlash qiyin bo‘lmoqda.

 



														
														Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026

														
														Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026

														
														Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026

														
														Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 57…
12:31 / 30.03.2026

														
														Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
15:17 / 29.03.2026

														
														AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

Muhammad Bog‘ir G‘olibafning aytishicha, AQSh muzokaralar haqida ochiq xabarlar tarqatmoqda, lekin yashirincha yer operatsiy…
15:01 / 29.03.2026

														
														Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

“Pokiston Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlarini yakshanba kuni davom etayotgan yaqin Sharqdagi urush…
17:53 / 28.03.2026

														
														Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi fonida benzin narxi ham oshgan.
12:19 / 28.03.2026

														
														Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp “Kelajak investitsiyalari tashabbusi” tadbirida nutq so‘zlar ekan, Hormuz bo‘g‘ozini adashib “T…
09:43 / 28.03.2026

														
														Dollar kupyuralariga Tramp imzosi tushiriladi

Dollar kupyuralariga Tramp imzosi tushiriladi

Yangi imzo tushirilgan dastlabki 100 dollarlik kupyuralar joriy yilning iyun oyida bosib chiqarila boshlanadi.
17:13 / 27.03.2026

Bu ham qiziq

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026
Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!