$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda AES qurilishi uchun maydon tanlashning xavfsizlik mezonlari belgilandi

16:40 / 08.02.2026

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan “Atom elektr stansiyasi maydonchasi xavfsizlik talablari” to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi. 16-fevralga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan mazkur hujjat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Atom energiyasi agentligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan bo‘lib, atom elektr stansiyasi uchun mo‘ljallangan maydonchani tanlash, dastlabki baholash hamda yakuniy tasdiqlash bosqichlarida xavfsizlikni ta’minlashga doir asosiy mezonlar va majburiy talablarni belgilaydi.

Hujjatda, shuningdek, maydoncha joylashgan hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-demografik va muhandislik-geologik sharoitlarini hisobga olgan holda atrof-muhit komponentlari (atmosfera havosi, yerusti va yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi) monitoringini tashkil etish tartibi hamda atom elektr stansiyasi faoliyatining aholiga, atrof-muhitga va ekologik barqarorlikka ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirini baholash va hisobga olish talablari belgilab qo‘yiladi. Maqsad AES qurilishi uchun mo‘ljallangan maydonchani tanlash hamda baholash jarayonida radiatsiyaviy va texnik xavfsizlikni ta’minlashni nazarda tutuvchi asosiy mezonlar, majburiy talablar hamda baholash tartibini belgilash, shu jumladan, hududning geologik, seysmologik, gidrogeologik, iqlimiy, ekologik va ijtimoiy-xavfsizlik omillarini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqishdan iborat. Asosiy vazifalari:

– atom elektr stansiyasi qurilishi uchun mutlaqo man etiladigan (faol yoriqlar, yuqori seysmik ko‘rsatkichlar) va noqulay hududlarni aniq belgilash;

– tabiiy (seysmik, gidrometeorologik, geologik) va texnogen (portlash, yong‘in, kimyoviy xavf) omillarning atom elektr stansiyasiga ta’sirini baholash talablarini belgilash;

– atrof-muhitning turli komponentlari (havo, suv, tuproq) monitoringini o‘tkazish tartibini belgilash;

– himoya va evakuatsiya choralari rejalashtiriladigan zonalarning chegaralarini va ularga qo‘yiladigan talablarni (aholi zichligi, transport infratuzilmasi) aniqlash.

Mazkur qaror loyihasi qabul qilinishi bilan atom elektr stansiyasining xavfsizligi, uzoq muddatli barqaror ishlashi va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan quyidagi asosiy natijalarga erishiladi:

Xavfni minimallashtirish: atom elektr stansiyasi quriladigan maydoncha tanlashning dastlabki bosqichidayoq barcha muhim tabiiy va texnogen xavflar aniqlanadi va ularning oldi olinadi, bu kelajakdagi avariyalar ehtimolini keskin kamaytiradi. Litsenziyalash jarayonini soddalashtirish: loyiha va maydonchaning xavfsizligini asoslovchi hujjatlar yagona talablar asosida tayyorlanadi, bu litsenziyalash va davlat nazorati jarayonlarini aniq va shaffof qiladi. Atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish: radiatsiya monitoringi tizimining o‘rnatilishi va himoya zonalarining to‘g‘ri rejalashtirilishi orqali atrof-muhitning ifloslanishi va aholining radiatsiyadan zarar ko‘rish xavfi minimallashtiriladi. Jamoatchilik ishonchini oshirish: atom elektr stansiyasi qurilishi va ishi uchun maydon tanlashning ochiq, me’yoriy asoslangan va xalqaro standartlarga mos jarayoni jamoatchilikning loyihaga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

 


O‘zbekiston


														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

														
														2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026

														
														Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026

														
														Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026

														
														O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026

														
														Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

														
														3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026

Bu ham qiziq

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!