“Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va qator davlatlar havo hududining yopilishi munosabati bilan Qatardan O‘zbekiston fuqarolarini maxsus evakuatsiya qilish tadbiri tashkil etildi”, – deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.
O‘zbekistonliklar Qatardan avtobuslarda Saudiya Arabistoniga jo‘natilgan. U yerdan maxsus reys bilan Ar-Riyozdagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport orqali 202 kishi bugun Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. Yana 100 nafardan ortiq kishi Saudiya Arabistoni mehmonxonalariga vaqtincha joylashtirilgan va qo‘shimcha reyslarni kutmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!