$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

“World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

17:49 / 14.04.2026

Media va raqamli kontent sohasidagi nufuzli xalqaro tadbir – “World Content Market” o‘z ishini boshladi. Joriy yilda O‘zbekiston ushbu yirik media bozorida ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etib, mamlakatning milliy kontent salohiyatini global maydonda keng namoyon etmoqda.

“World Content Market” 2008-yildan buyon televideniye va raqamli kontentni yaratish, tarqatish, monetizatsiya qilish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib kelayotgan yirik media platformalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadbir har yili dunyoning turli mamlakatlaridan media industriya vakillarini bir maydonga jamlab, yangi loyihalar, sheriklik tashabbuslari va kontent savdosi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Joriy yilgi tadbirda 20 ga yaqin davlatdan 1500 dan ortiq media sohasi mutaxassislari, 500 dan ziyod kompaniyalar qatnashmoqda. Shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, MDH mamlakatlari, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarning milliy ekspozitsiyalari namoyish etilmoqda.

Ishtirokchilar qatoridan 150 dan ortiq televizion kanallar (barcha platformalar bo‘yicha), 40 dan oshiq OTT platformalari va video-portallar, 200 dan ziyod kontent distribyutorlari, 100 dan ortiq prodyuserlar, 100 dan ziyod studiyalar hamda ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalardan iborat kontent xaridorlari o‘rin olgan.

O‘zbekiston milliy pavilyonida 10 dan ortiq xususiy kontent ishlab chiqaruvchilar tomonidan 500 dan ortiq o‘zbek badiiy filmlari va seriallari xalqaro xaridorlar e’tiboriga taqdim etilmoqda.

Kontent markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur pavilyon doirasida o‘zbek milliy kontentini xalqaro bozorga olib chiqish, uni xorijiy telekanallar va raqamli platformalarda joylashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

O‘zbekistonning Moskva shahrida o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro media maydonda milliy pavilyon bilan ilk bor ishtirok etishi mamlakatda milliy kontent sanoatini rivojlantirish, mahalliy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek madaniy mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish yo‘lida muhim strategik qadam bo‘lib xizmat qiladi.


O‘zbekiston


														
														Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha yirik loyiha yuzasidan muhim kelishuv imzo…
17:30 / 16.04.2026

														
														17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishin…
17:13 / 16.04.2026

														
														9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy a…
16:55 / 16.04.2026

														
														O‘zbekiston aholisi 38,4 millionga yaqinlashdi

O‘zbekiston aholisi 38,4 millionga yaqinlashdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etdi
16:16 / 16.04.2026

														
														Jarimaning 50 foizi 1 oyda to‘lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Jarimaning 50 foizi 1 oyda to‘lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalarni to‘lash tartibi yanada yengillashtirilmoqda.
11:52 / 16.04.2026

														
														Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ekologik barqarorlikning muhim shartlaridan biridir.
10:35 / 16.04.2026

														
														Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 2026-yil may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi mumkin…
10:10 / 16.04.2026

														
														Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimiga nisbatan j…
09:28 / 16.04.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyai vakili bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyai vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-aprel kuni Toshkentda Rossiya Prezidenti Administratsi…
09:24 / 16.04.2026

														
														Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan qiymati 350 ming dollarga teng sintetik narkotik modda fosh etildi.
17:52 / 15.04.2026

Bu ham qiziq

Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq o‘rinbosarlari — Timur Shabdanbekov va Daniyel Risaliyev hibsga …
12:21 / 15.04.2026
Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ekologik barqarorlikning muhim shartlaridan biridir.
10:35 / 16.04.2026
Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik raketa hujumlarini uyushtirdi. Hujumlar oqibatida Kiyev shahrini quyuq tuman qopla…
15:14 / 16.04.2026
Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026
Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
17:29 / 15.04.2026
Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 2026-yil may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi mumkin…
10:10 / 16.04.2026
Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sirdaryo viloyatida sud tizimi va bank sohasi vakillari ishtirok etgan korrupsion holat fosh etildi. Tezkor tadbir davomida …
11:43 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

"Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni…
09:15 / 15.04.2026
Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimiga nisbatan j…
09:28 / 16.04.2026
Rossiya AZAL samolyoti halokati uchun tovon to‘laydi

Rossiya AZAL samolyoti halokati uchun tovon to‘laydi

Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari qo‘shma bayonot bilan chiqib, 2024-yil dekabr oyida yuz bergan Ozarbayjon h…
11:26 / 16.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!