$
11833.37 UZS
35.91
139.79 UZS
0.02
13577.61 UZS
-30.76
31° Kechasi 18°

Samarqandda “Raygaz” binosida gaz to‘planib portladi. Rahbariyat ishni “bosdi-bosdi” qilmoqchi

12:14 / 24.03.2022

Tahririyatga navbatdagi murojaat Samarqand viloyati Tayloq tumanidan kelib tushdi.

Unda joriy yil 18-mart kuni “Tuman gaz taʼminoti” binosida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi portlashi hodisasini “Raygaz” mansabdorlari “bosdi-bosdi” qilmoqchi bo‘layotgani aytiladi.

Hodisadan 4 nafar fuqaro,  2 nafar isteʼmolchi va 2 nafar xodim jabrlangan. Ular ayni paytda tuman markaziy shifoxonasi Tez tibbiy yordam bo‘limida qolmoqda.

Eng qizig‘i, bu haqda na FVV, na “Hududgaztaʼminot” va na tegishli boshqa tashkilotlar rasmiy manbalarida xabar berilmagan. Xuddi “yopig‘liq qozonning yopiqligicha qolishi”dan ular ham manfaatdordek.

Murojaatchining bildirishicha, hodisadan ikki nafar qarindoshi – 24 va 30 yoshli yigitlar ham jabrlangan. Ulardan biriga badanining 30 foiz, ikkinchisiga esa 50 foiz kuyishi tashxisi qo‘yilgan.

Tahririyatga maʼlum bo‘lishicha, ushbu jabrlanuvchilar gazdan qarzdorligi bo‘yicha to‘lov qilish uchun 18-mart kuni “Tuman gaz taʼminoti” binosiga borgan va hodisa jabrlanuvchisiga aylanib qolishgan.

Ularning keyinchalik guvohlik berishicha, o‘sha paytda ular bino ichida gaz hidini sezishgan.

Ushbu voqeadan so‘ng jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan va “Raygaz” rahbariyati ulardan hech qayerga shikoyat qilmasliklarini, tashkilot ularning dori-darmonlari uchun yordam berishini aytadi. Ammo oradan 4 kun o‘tsa hamki, hech kim ularning holidan xabar olmaydi.

Yong‘in chiqqan bino esa guyoki hech narsa bo‘lmaganday qayta taʼmirlab qo‘yiladi.

Shu yerda haqli savol tug‘iladi: binoning texnik xavfsizligi uchun javobgar bo‘lganlarning aybini berkitish inson hayotidan azizroqmi? O‘z ishiga masʼuliyatsiz munosabatda bo‘lishi 4 inson taqdirini o‘zgartirib yuborishi jinoyat sanalishi kerak bo‘lgan bir holatda masʼullarning ishni “yopdi-yopdi” qilishga urinishi nima deb ataladi?

Katta bir tashkilot binosi yonib ketadi, jabrlanganlar bo‘ladi va bu shifoxona qabulxonasidagi qaydnomada aks etadi, ammo hodisani na IIB va na prokuratura nazoratga oladi, shundaymi?

Xabardor.uz tahririyati “Hududgaztaʼminot” AJ, FVV hamda prokuratura organlaridan mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borishlarini hamda aybdorlarga nisbatan tegishlicha chora ko‘rishlarini so‘rab qoladi.


Bu ham qiziq

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026
O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish va’dasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Davlat…
10:41 / 16.09.2026
“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026
Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026
Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026
“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joyla…
13:10 / 17.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
14:33 / 15.09.2026
“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026
Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega…
17:22 / 17.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan mul…
09:06 / 17.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!