Joriy yilning mart oyida shakar narxi 12,8 foizga qimatlab oylik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yuqori ko‘rsatkichga yetgan.
Shakar, shuningdek, 2022-yilning yanvar-martida va yillik nisbatda ham narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib olgan. Jumladan, ushbu mahsulot turi joriy yilning uch oyi davomida 14,5 foizga, 2021-yilning martiga nisbatan esa 36,6 foizga qimmatlashdi.
Birja xabarlariga ko‘ra esa joriy yilning 1-17-mart kunlari davomida shakarning birjadagi narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 11 921,9 ming so‘mgacha ko‘tarilgan. Biroq keyingi kunlarda birja savdolariga qo‘yilayotgan shakar hajmining sotuvchi korxonalar tomonidan sezilarli darajada oshirilishi evaziga shakar narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 981,6 ming so‘mgacha, yaʼni 25 foizga pasaygan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!