2026-yil 1-apreldan boshlab yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari nafaqat YHX xodimlari tomonidan, balki avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan holatlar asosida ham hisoblanadi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, endilikda yo‘llardagi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar ham haydovchining jarima ballari hisobiga qo‘shiladi. Bu tartib haydovchilar mas’uliyatini oshirish va yo‘llarda qoidabuzarliklarni kamaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, jarima ballarini taqsimlashning yangi mexanizmi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, agar transport vositasini uning egasi emas, balki boshqa shaxs ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi asosida boshqargan bo‘lsa, jarima ballari aynan qoidani buzgan haydovchiga yuklanishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!