Samarqandda uç nafar fuqaroni tegişli litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 750 AQŞ dollari talab qilgan sayyohlik firmasi rahbari uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari Umra ziyoratini ado etiş istagida bölgan uç nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni ziyoratga yuboriş hamda muqaddas amallarni bajariş uçun zarur şaroitlarni yaratib berişni va’da qilgan.
DXX Samarqand viloyati boşqarmasi va viloyat Içki işlar boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda firma rahbari oldindan kelişilgan 3 750 dollarning 3 000 dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq Farğona va Andijon viloyatlarida ham fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan pul olgan şaxslar qölga olingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!