Yashnobod tumani, Temirchi ko‘chasida joylashgan yuqori bosimli RDUK-100 rusumli gaz taqsimlash punktiga o‘rnatiladigan EGXU uchun uzelni harakatdagi gaz quvurlariga ulash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu tufayli joriy yilning 16-mart kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Yashnobod tumanining quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yashnobod tumanida aholi iste’molchilar:
Maxtumquli ko‘chasida 14 ta Milliy gvardiya ko‘p qavatli uylardagi 700 ta aholi xonadonlarida;
Gʻalabaning 40 yilligi 2 kv. dagi ko‘p qavatli uylardagi 2 000 ta aholi xonadonlarida;
Oydinko‘l ko‘chasida 30 ta uy xo‘jaliklarida;
Temirchi ko‘chasida joylashgan ko'p qavatli uylardagi 100 ta aholi xonadonlarida hamda 10 ta uy xo‘jaliklarida.
Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, “Novza” metro bekati yonidagi, o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida va Chilonzor mavzesidagi “METRO MARKET” binosi yonidan o‘tgan, o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Holatni bartaraf qilish ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu tufayli joriy yilning 16-mart kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Chilonzor tumanining quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Chilonzor tumanida aholi iste’molchilari:
“Chilonzor” MFYdagi jami 1 890 ta uy xo‘jaliklari hamda ko‘p qavatli uylardagi aholi xonadonlarida;
“Charx komolon” MFYdagi 894 ta uy xo‘jaliklarida;
“2- Charx komolon” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 240 ta aholi xonadonlarida;
“3- Charx komolon” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 460 ta aholi xonadonlarida;
“Katta Chilonzor 1” MFYda (1-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 180 ta aholi xonadonlarida;
“Katta Chilonzor 2” MFYda (2-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 284 ta aholi xonadonlarida;
“Katta Chilonzor 3” MFYda (3-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 470 ta aholi xonadonlarida;
“Novza” MFYda (4-24-mavzelar) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 880 ta aholi xonadonlarida;
“Beshchinor” MFYda (5-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 320 ta aholi xonadonlarida;
“Dilobod”, “Xalqlar do‘stligi” MFYlarida (6-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 3 220 ta aholi xonadonlarida;
Chilonzor 5-mavzeda joylashgan 1-2-3-4-49-50 ko‘p qavatli uylardagi jami 504 ta aholi xonadonlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumani “Pastki yuz” MFY, A.Ermatov ko‘chasi hududidan o‘tgan o‘rta bosim gaz quvurini tartibga keltirish ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu sababli 16-mart kuni soat 10:00dan 19:00ga qadar tumanning “Pastki yuz” MFYdagi 367 ta uy xo‘jaliklarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!