Kecha Xivaning qadimiy Ichan-qal’a hududida “Lazgi” III xalqaro raqs festivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dunyoning o‘nlab davlatlaridan kelgan raqs san’ati vakillari, YUNESKO mutaxassislari, diplomatlar, olimlar va san’at ustalari ishtirok etdi. Ular jonli tarix va madaniy meros muhitini bevosita his qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ochilish marosimida davlat rahbarining tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda “Lazgi” raqsi sivilizatsiyamizning yorqin ramzi ekani, uch ming yillik tarixga ega ushbu san’at bugun jahon sahnalarida munosib e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.
“Lazgi” — xalqimiz ruhiyatini, uning betakror madaniyati va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni ifodalovchi noyob san’at namunasi sifatida baholandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!