Namangan viloyatida banklardan birining bosh yuristkonsulti xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy daromad olishga uringan.
Ma’lum qilinishicha, u Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biriga tegishli 16,2 mlrd so‘mlik kredit bo‘yicha garov mulklarini auksion savdolariga chiqarishni 5–6 oyga kechiktirib berish hamda keyinchalik ularni qaytarishda yordam berish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!