20-oktyabr — TARIX IZLARIDA
Tarixdagi muhim voqealar
🔹 1827-yil — O‘rta yer dengizida mashhur Navarin dengiz jangi bo‘lib o‘tdi. Birlashgan Rossiya, Angliya va Fransiya eskadralari Usmonli-Misr flotini yengib, Gretsiyaning mustaqillikka erishishida hal qiluvchi burilish yasadi.
🔹 1943 — Toshkentdagi Hazrati imom majmuasida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi ochildi va Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon idora raisi etib saylandi.
🔹 1944-yil — Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet armiyasi va Yugoslaviya partizanlari Belgrad shahrini fashistlar bosqinidan to‘liq ozod qildi.
🔹 1973-yil — Avstraliyaning Sidney shahrida zamonaviy me’morchilikning durdonasi va dunyoning eng taniqli binolaridan biri bo‘lgan Sidney opera teatri tantanali ravishda ochildi.
🔹 1997 — Xiva shahrining 2500-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi
🔹 2011-yil — Liviyada uzoq yillar hukmronlik qilgan Muammar Qazzofiy o‘zining tug‘ilib o‘sgan shahri Sirt yaqinida qo‘lga olinib, o‘ldirildi.
Shu kunda tug‘ilganlar
🔹 Artur Rembo (1854) — fransuz adabiyotining yorqin vakili, simvolist shoir.
🔹 Jeyms Chedvik (1891) — ingliz fizigi, neytron zarralarini kashf etgani uchun fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati.
🔹 Mustay Karim (1919) — boshqird xalq shoiri, mashhur dramaturg va jamoat arbobi («Oy tutilgan tunda» asari muallifi).
🔹 Odil Yoqubov (1926) – o‘zbek sovet yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi. O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi.
🔹 Calvin Cordozar Broadus Jr. (1971) (uning sahna nomi Snoop Dogg) — amerikalik reper va media shaxs. Snoop Dogg AQSHda 23 milliondan ortiq albom sotgan va 35 million albomlar dunyo bo‘ylab sotilgan.
Xalqaro bayramlar va muhim sanalar
🔹 Xalqaro oshpazlar kuni — 2004-yildan buyon nishonlanib kelinayotgan va pazandachilik san’ati ustalari mehnatini sharaflaydigan xalqaro kasb bayrami.
🔹 Xalqaro aviatsiya dispetcherlari kuni — havo harakati xavfsizligini yerda turib tun-u kun nazorat qiluvchi mutaxassislarning kasbiy sanasi.
🔹 Butunjahon osteoporozga qarshi kurash kuni — suyak to‘qimalari mustahkamligi va tayanch-harakat tizimi salomatligiga e’tibor qaratishga bag‘ishlangan jahon tibbiy sanasi.
🔹 Butunjahon statistika kuni — har besh yilda bir marta (2010-yildan buyon BMT tashabbusi bilan) nishonlanadigan, to‘g‘ri ma’lumot va tahlilning jamiyat rivojidagi o‘rnini ta’kidlovchi kun.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!