Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi e’lon qilgan taqvimga ko‘ra, Ramazon hayiti 9-mart kuni nishonlanishi kutilmoqda. Qadr kechasi esa 5-martdan 6-martga o‘tar kechaga to‘g‘ri kelishi prognoz qilingan. Qurbon hayiti 16–18-may kunlariga belgilangan.
Diniy boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, hijriy oylarning boshlanishi xalqaro astronomik tadqiqotlar markazlari ma’lumotlari asosida hisoblab chiqiladi. Biroq diniy sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kun oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.
Qirg‘iziston muftiyati ham Ramazon oyi 2027-yil 8-fevralda boshlanishini kutmoqda. Mamlakatda ro‘za boshlanadigan aniq sana esa oy yaqinlashganda rasman e’lon qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!