4-oktyabr — TARIX IZLARIDA
Muhim tarixiy voqealar
🔹 1582-yil — Rim papasi Grigoriy XIII farmoni bilan dunyoda Grigoriy taqvimi (yangi uslub) joriy etildi. Tarixdagi qiziq holat: 4-oktyabrdan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15-oktyabr kelgan.
🔹 1614 — Yevropaga Yaponiyadan "elchilar guruhi" keldi.
🔹 1830-yil — Belgiya Muvaqqat hukumati o‘zining Niderlandiya Birlashgan Qirolligidan ajralib chiqqanini va mustaqil davlatga aylanganini e’lon qildi.
🔹 1957-yil — Koinot davri boshlandi: Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan insoniyat tarixidagi ilk sun’iy yo‘ldosh — "Sputnik-1" fazoga uchirildi.
🔹 1962 — The Beatles birinchi singlni chiqardi.
🔹 1993-yil — Moskvada "Qora oktyabr" inqirozi avjiga chiqdi: Boris Yelsin buyrug‘i bilan Oliy Kengash qarorgohi ("Oq uy") tanklardan o‘qqa tutildi.
🔹 2004-yil — "SpaceShipOne" kosmoflyoti ikkinchi marta suborbital balandlikka muvaffaqiyatli ko‘tarilib, xususiy kosmonavtika bo‘yicha 10 million dollarlik "Ansari X Prize" sovrinini qo‘lga kiritdi.
Shu kuni tug'ilgan mashhurlar
🔹 Ejen Potye (1816) — fransuz inqilobchi shoiri, xalqaro ishchilar madhiyasi bo‘lgan mashhur "Internatsional" matni muallifi.
🔹 Abdulla Qodiriy (1894) – XX asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi.
🔹 Baster Kiton (1895) — "Tosh yuzli komik" nomi bilan tanilgan ovozsiz kino davrining eng buyuk amerikalik aktyori va rejissyori.
🔹 Jon Atanasov (1903) — amerikalik fizik va muhandis, birinchi elektron raqamli kompyuter (ABC) ixtirochilaridan biri.
🔹 Vitaliy Ginzburg (1916) — taniqli fizik-nazariyotchi, Nobel mukofoti laureati.
🔹 Otajon Xudoyshukurov (1944) – xonanda. Qoraqalpogʻiston (1969), Oʻzbekiston (1977), Tatariston (1981) va Turkmaniston (1993) xalq artisti.
🔹 Syuzan Sarandon (1946) — amerikalik kinoaktrisa ("Telma va Luiza" yulduzi, "Oskar" sovrindori).
🔹 Alisiya Silverstone (1976) — Gollivud aktrisasi ("Betmen va Robin", "Ahmoqona" filmlari yulduzi).
Bugungi bayramlar va xalqaro sanalar
🔹 Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni (World Animal Day — 1931-yildan buyon nishonlanadi).
🔹 Butunjahon kosmos haftaligining boshlanishi (BMT qaroriga ko‘ra "Sputnik-1" uchirilgan 4-oktyabrdan 10-oktyabrgacha davom etadi).
🔹 Lesoto Mustaqillik kuni (1966-yil Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lgan).
🔹 Rossiya FVV Fuqaro muhofazasi kuni hamda Kosmik qo‘shinlar kuni.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!