Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining tog‘li Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 yildan buyon “Shafoatov Olim” deya qayd etilgan guvohnoma bilan yashab yurgan qiz murojaat qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, bu qiz tug‘ilganida unga yanglishib, “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Qator sabablar, jumladan, ota-onaning bequntligi, qolaversa, tog‘li qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin bo‘lgani sababli bu qizning o‘g‘il bola ismi va familiyasi qayd etilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi o‘zgartirilmay qolib ketgan.
– Kech bo‘lsa-da, bu xato to‘g‘rilandi. Biz sayyor qabuldan so‘ng “Shafoatov Olim” guvohnomasi bilan yurgan qizga “Shafoatova Muqaddam Ravshan qizi” deb qayd etilgan guvohnomani topshirdik. Endilikda bu tog‘ qishloqlarida yiliga ikki marta sayyor qabul o‘tkazishni mo‘ljallayapmiz, – deydi Dehqonobod tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi Ozoda Ashurova.
Sayyor qabulda, shuningdek, turmush qurganiga 4 yil bo‘lgan, sharʼiy nikoh orqali yashab kelayotgan kelin-kuyovga qonuniy nikohdan o‘tganligi to‘g‘risidagi, 17 nafar bolaga tug‘ilganligi, 8 oilaga esa nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar ham topshirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!