Joriy yilning 25-noyabr kuni turli ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida Birlashgan Arab Amirliklari hududida Svi Kogan ismli shaxs o‘limida gumonlanayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.
Xabar yuzasidan O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi bayonot berdi.
“O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Abu-Dabidagi Elchixonasi Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, mazkur masala yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida tegishli ishlar olib bormoqda” – deyiladi konsullik xabarida.
Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!