Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 24-noyabr kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida, avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:03 da yetib borib, yong‘in soat 00:07 da o‘chirilgan.
Xabarda aytilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q va hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!