Ijtimoiy tarmoqlarda talaba yigitning “Glier” nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi 3-qavati derazasidan mushukni tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB bergan maʼlumotga ko‘ra, hodisa 28 may kuni Olmazor tumanidagi musiqa maktabi o‘quvchisi 17 yoshli X.O. ishtirokida sodir bo‘lgan. 16 yoshli Sh.A. esa ushbu holatni videoga olib, internetga tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, X.O.ning otasi, 46 yoshli U.E.ga nisbatan farzand tarbiyasi bo‘yicha masʼuliyatsizligi sabab MJtKning 47-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlik belgilandi va jarimaga tortildi.
Voqea yuzasidan ota va bola bilan bunday huquqbuzarlik uchun mavjud maʼmuriy va jinoiy javobgarlik haqida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!