Joriy yilning 24-noyabr kuni Turkiyada Rossiyaning “Аzimut” aviakompaniyasining “Sukhoi Superjet 100” yo‘lovchi samolyoti qo‘nishdan so‘ng yonib ketgan.
Guvohlarga ko‘ra, avvaliga samolyotning dvigateli yongan, shundan so‘ng alanga boshqa joyga o‘tgan. Aviakompaniya qurbonlar yo‘qligini tasdiqlagan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda “Azimut” ortga qaytish uchun zaxira samolyot tayyorlamoqda. Turkiya Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotda 95 kishi bo‘lgan.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Superjet kuchli yomg‘ir va shamol tufayli noqulay ob-havo sharoitida qattiq qo‘nganidan so‘ng yonib ketgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!