$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

90 million yil avval Yer qanday koʻrinishda boʻlgan?

13:22 / 31.10.2022

Bundan 90 million yil ilgari sayyoramiz butkul oʻzgacha koʻrinishda boʻlgan. Boʻr davrida Yer yuzida ulkan dinozavrlar sayr qilib yurgan, vulqonlar esa bugungidan ancha tez-tez va shiddat bilan otilgan. Vulqon otilishidan atmosferaga juda koʻp miqdorda bugʻ va is gazi koʻtarilib, issiqxona effektini hosil qilgan. Bugʻlangan suv va is gazi sayyoramiz yuzasini plastik paket kabi qoplab, Yerga tushayotgan Quyosh nurini qaytarishga yoʻl qoʻymagan. Natijada sayyoramizda har doim iliq havo hukmronlik qilgan. Hatto Yerning eng sovuq nuqtasi Antarktidada ham oʻrtacha harorat Selsiy shkalasi boʻyicha 13 darajani tashkil qilgan. Demak, oʻsha payti bu qitʼada hozirgidek koʻp miqdorda qor va muz boʻlmagan. Antarktida boʻr davrida tropik oʻrmon boʻlgan, degan taxminlar ham mavjud.

Dinozavrlar davridagi Antarktida

Dinozavrlar davrida Antarktidada iliq daryolar va baland boʻyli oʻsimliklar oʻsgani haqida olimlarda yetarli maʼlumotlar mavjud. 2017-yil Germaniyaning “Polarshtern” nomli ilmiy-tadqiqot kemasi hozirda muzliklar bilan qoplangan Amundsen daryosini tubigacha parmalash uchun joʻnatildi. Ular shu tariqa boʻr davriga oid biror oʻsimlikni topishga umid qilishgandi. Muzyorar kema daryo tubiga 30,7 metrgacha tushgach, 88 millionga kirib qolgan kernni qoʻlga kiritishdi. U aynan boʻr davriga oid ekanligi olimlarni qiziqtirib qoʻydi.

Kern – bu, yer yuzidagi chuqur teshikdan qazib olingan togʻ jinsi namunasi. Topilgan materialni oʻrganish orqali olimlar oʻsha paytdagi iqlimni aniqlab, qadimgi oʻsimlik turlarini tanib olishlari mumkin boʻldi.

Antarktidadagi qadimgi oʻsimliklar

Qadimgi togʻ jinsini oʻrganish davomida professor Iogan P.Klages boshchiligidagi olimlar unda oʻsimlik qoldiqlari va changini topishga muvaffaq boʻldilar. Ushbu zarralarni zamonaviy oʻsimliklar ildiz va gulchanglari bilan taqqoslab, qadimgi Antarktida hududida ignabargli daraxtlar, fern va hatto gulli oʻsimliklar oʻsganligini bilib oldilar. Hozirgi vaqtda ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 90 million yil oldin Antarktidada quyidagi oʻsimliklar mavjud boʻlgan:
• ignabargli daraxtlar turkumiga kiradigan “Podocarpaceae” oʻsimligi. U hozirgi kunda Janubiy Amerika hamda Afrikada uchraydi;
• “Araucariaceae” oilasiga kiruvchi ignabargli daraxt. Uni Avstraliya hamda Yangi Gvineyadan topish mumkin;
• hozirda 514 turni oʻz ichiga olgan “Cyatheaceae” oilasiga mansub oʻsimliklar;
• “Buprea” gulli oʻsimliklari – ularning eng yaqin qarindoshlari hozir Afrikada oʻsadi;
• ignabargli “Podocarpaceae”, “Cyatheaceae” paporotnigi.

Qadimgi Antarktida iqlimi

Demak, bundan million yil avval Antarktida quyuq yashil oʻt-oʻlanlar bilan qoplangan ekan. Olimlar oʻrmon oraligʻida daryolar ham oqib turganini taʼkidlashmoqda. Axir daraxt va oʻsimliklar nimadandir suv ichishi kerak-ku. Garchi hammayoq yam-yashil, oʻt-oʻlanlar bilan qoplangan boʻlsa-da, havoning oʻrtacha harorati 13 darajadan oshmagan. Faqat yoz oylarida havo harorati 18,5 darajagacha qizib ketishi mumkin edi. Bundan tashqari, qadimgi Antarktidada yomgʻirlar tez-tez yogʻib turgan. Yogʻinlarning oʻrtacha koʻrsatkichi 1120 millimetrni tashkil qilgan. Hatto zamonaviy Moskvada ham yil boʻyi 707 millimetr yomgʻir yogʻadi.

Atrofdagi vulqonlar hosil qilgan issiqxona effektiga qoʻshilib Antarktidada oʻsadigan daraxtlar ham havo harorati koʻtarilishiga yordam bergan. Gap shundaki, zich oʻsimliklar quyosh nurlarini Yer yuzidan chiqishiga imkon bermagan va Antarktidadagi oʻrmon hududlari issiqlikni oʻzida saqlab qolgan. Sayyoramizdagi oʻrmon, suv, qum, qor va boshqa sirtlarning quyosh nurini aks ettirishi fan tilida albedo, deb ataladi. Oʻsimlik oʻrmonlari past albedoga ega, shuning uchun ular toʻplangan joylarda iqlim nisbatan issiq. Qor va muz baland albedoga ega, shuning uchun zamonaviy Antarktida juda koʻp quyosh nurini aks ettiradi, issiqlikni saqlamaydi va juda sovuq joy.

Hozir Antarktidada pingvinlar va qutb tadqiqotchilarigina yashaydi. Bu yerda bir vaqtlar dinozavrlar yashagani ham aniq emas, chunki ularning suyaklari qalin muz qatlami ostida qolib ketgan (agar bor boʻlsa).

Antarktidada oʻrmonlar bir necha oʻn million yillar oldin mavjud boʻlgan va 70 million yil avval gʻoyib boʻlgan. Keyin sayyoramizdagi materiklar joylashuvi oʻzgara boshladi va bu vulqonlarning faolligiga taʼsir qildi. Vulqon faolligidagi oʻzgarishlar, dengiz sathining koʻtarilishi va boshqa koʻplab yangiliklar natijasida sayyoramizdagi havo harorati pasaya boshladi va ayrim joylarda -45 darajagacha yetdi.

Biroq bugungi kunga kelib, muzli qitʼada gʻalati hodisa yuz bermoqda. Yaqinda uning baʼzi joylarida havo harorati xuddi dinozavrlar davridagi kabi 18,3 darajagacha koʻtarildi. Iqlim oʻzgarishi Antarktida qiyofasini oʻzgartirmoqda va endi uni sayyoramizdagi tiniq oq nuqta deb atash mumkin emas. Sunʼiy yoʻldosh fotosuratlariga qarasangiz, materikda jigarrang tuproq hosilalarini koʻrish mumkin. Kim biladi, ehtimol bir necha oʻn yillar ichida Antarktidada tropik oʻrmonlar yana paydo boʻlar.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!