$
12973.31 UZS
12.93
151.19 UZS
-0.73
14329.02 UZS
176.29
26° Kechasi 15°

Adliya organlari xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari yuzasidan 140 dan ortiq murojaat kelib tushgan

12:49 / 03.10.2024

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda bunday holatlarning oldini olish va unga sharoit yaratib berishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

– Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini huquqiy va tashkiliy jihatdan takomillashtirib borish yo‘nalishida sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi, – deydi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh maslahatchisi Sarvar Qobiljonov. – Doimiy ravishda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarning kelgusida oldini olish yuzasidan elektron tizimlarni takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.

Adliya vazirligi tizimi faoliyatidagi funksiyalar baholanib, vazirlik tizimida 419 korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlandi va bu bo‘yicha tegishli xarita tasdiqlandi. Adliya vazirligi, uning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlandi. 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida vazirlik tizimidagi 6 ta adliya organi va muassasasi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha kompleks tekshiruvi o‘tkazildi.

Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi tuzilmalarda 130 ga yaqin o‘rganish, monitoring, nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi. Qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanilishi ta’minlandi.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 13 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 49 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. 135 nafar xodim bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Adliya organlari va muassasalarining vakant lavozimlariga talabgor nomzodlar hujjatlarini kompleks o‘rganish davomida tizimda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va muammolar yuzasidan barcha hududiy adliya organlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘tkazilgan tanlovlarda nomuvofiq baholangan holatlar bartaraf qilindi.

Hududiy adliya organlari va muassasalariga ichki va tashqi tanlov asosida vakant lavozimlarga hujjat topshirgan 4 ming 640 nafar nomzod bo‘yicha kompleks tekshirish o‘tkazilib, tegishli mezon talablariga nomuvofiq bo‘lgan 345 nafar nomzodning hujjatlari rad etildi.

Adliya vazirligiga aloqa kanallari orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari yuzasidan 140 dan ortiq murojaat va xabarlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlar va xabarlarni o‘rganib chiqish natijasida 44 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Jumladan 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, 112 nafar xodim bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Adliya organlari va muassasalari tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida 18 mingdan ziyod korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi, mingga yaqin ko‘rgazmali materiallar tarqatildi.

Sohaga oid olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida vazirlik hududiy tuzilmalar va muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlaridagi bevosita mas’uliyatini kuchaytirish, yoshlar bilan ishlash imkoniyatlarini yanada faollashtirishga e’tibor qaratish rejalashtirilgan.

 


O‘zbekiston


														
														2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘s…
11:13 / 10.04.2025

														
														Toshkent ko‘chalaridan birida transport harakati vaqtincha cheklanmoqda

Toshkent ko‘chalaridan birida transport harakati vaqtincha cheklanmoqda

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va yo‘nalishni oldindan rejalashtirishingizni tavsiya etamiz”, – deya xabar berdi poytaxt…
10:06 / 10.04.2025

														
														Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

10-aprel kuni soat 07:30 da  Toshkent shahar Chilonzor tumani, Furqat ko‘chasida, elektromobil yonayotganligi to‘g‘risida, T…
09:37 / 10.04.2025

														
														Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xona…
09:10 / 10.04.2025

														
														10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:45 / 09.04.2025

														
														Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi

Ayni paytda Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri tashkil etilm…
22:08 / 09.04.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taq…
21:11 / 09.04.2025

														
														Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya kosmik sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda, mutaxassislar tayyorlashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi. B…
20:20 / 09.04.2025

														
														Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tgan Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
19:26 / 09.04.2025

														
														Hujjatsiz suv inshootlari va ularning yerlari “Suvta’minot”ga bepul beriladi

Hujjatsiz suv inshootlari va ularning yerlari “Suvta’minot”ga bepul beriladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar…
18:36 / 09.04.2025

Bu ham qiziq

Tramp joriy qilgan bojlar iPhone savdosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi

Tramp joriy qilgan bojlar iPhone savdosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi

Donald Tramp ma’muriyati tomonidan yangi bojlar joriy etilishi Apple aksiyalarining tushishiga va bir vaqtning o‘zida iPhone…
10:28 / 09.04.2025
“Openbudget”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

“Openbudget”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi. Joriy yilgi 1-mavsumda 2 011 ta mahalla…
21:11 / 08.04.2025
Mask Trampni bojlarni bekor qilishga chaqirdi

Mask Trampni bojlarni bekor qilishga chaqirdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampga bojlar to‘g‘risidagi qarorni o‘zgartirishni so‘radi. Bu haqda …
22:06 / 08.04.2025
Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi

Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilo…
12:29 / 09.04.2025
10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:45 / 09.04.2025
Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xona…
09:10 / 10.04.2025
2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘s…
11:13 / 10.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Yaqin qarindoshlarini topish uc…
15:13 / 09.04.2025
Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya kosmik sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda, mutaxassislar tayyorlashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi. B…
20:20 / 09.04.2025
Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tgan Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
19:26 / 09.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!