$
11809.19 UZS
18.4
₽
138.15 UZS
0.37
€
13206.22 UZS
-79.64
31° Kechasi 18°

O‘limga chap bergan chandiq yuzli josus. Gitlerning ishonchli "sobatajchi"si

15:09 / 17.06.2022

“Bu safar urush muqarrar, u butun dunyo boʻylab boʻladi. U hamma joyda ochiladi va uning jang maydonlarida chegara boʻlmaydi”.

Otto Skorseniy

Tarixning shunday ochilmagan sirlari borki, bu sirlar yuz yil o‘tsa ham ochilmasligi mumkin. Bugungi qahramonimiz ham, bu sirli dunyoda koʻp jihatdan sirli edi va umrining oxirgacha sirli shaxs boʻlib qoldi. U rejalashtirgan hamda amalga oshirgan maxsus operatsiyalar (bir nechta istisnolardan tashqari) har doim muvaffaqiyatli yakunlandi. U oʻzining ajablanarli jasorati, rejalarining kutilmaganligi va aqlli qarorlari bilan shaxsan Adolf Gitlerning ishonchiga kirdi.

Bugungi maqolamizda uchinchi reyxning birinchi raqamli diversanti va Adolf Gitlerning shaxsiy sabotajchisi Otto Skorseniyning sirli hayoti haqida soʻz yuritamiz.

Chandiq tarixi

Otto Skorseniy 1908-yil 12-iyun kuni goʻzal Vena shahrida badavlat muhandis oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasining asil kelib chiqishi polshalik boʻlib, ajdodlari Polshaning Skozhentsin (Skorzęcin) qishlogʻidan boʻlishgan. Skorseniy oʻz tengdoshlariga qaraganda ancha baquvvat boʻlib ulgʻaydi. U oʻrta maktabni bitirgach, 1920-yilda Vena Oliy texnika maktabiga oʻqishga kirdi. Oʻsha yillarda talabalar oʻrtasida duel nihoyatda keng tarqalgan boʻlib, unda qilich bilan yuzni tirnash erkaklik belgisi hisoblangan. Maʼlumotlarga koʻra, Skorseniy oʻqish davomida 15 ta talaba bilan qilichda duel tushgan. U chap yonogʻidagi chandiqni aynan shu duellarning birida orttirib olgan. O‘sha vaqtda yuzda qanchalik chandiq koʻp boʻlsa, talaba shunchalik kuchli va jasur hisoblagan.

Talabalik davrida Otto Skorseniy milliy sotsializm gʻoyalariga jiddiy qiziqib qoladi va fashizm tarafdori boʻlgan koʻngillilar korpusiga, soʻngra “Heimver”(Vatan mudofaasi ittifoqi) deb nomlangan harbiylashtirilgan birlashmaga aʼzo boʻladi.

Koʻpgina quroldoshlaridan farqli oʻlaroq, Skorseniy nemislarga koʻproq moyil edi. 1930-yilda u Germaniya Milliy-sotsialistik ishchilar partiyasiga a’zo bo‘ldi. Skorseniy Adolf Gitlerning shaxsiy himoyasi uchun moʻljallangan va hujum otryadi (SS) boshligʻi Ernst Kaltenbrunner bilan yaqindan tanishdi.

Otto Skorseniy universitetni tugatgach, Berlinda qurilish boʻyicha menejer boʻlib ishladi va baʼzi maxfiy topshiriqlarni bajardi. U 1938-yilda Avstriyaning Germaniyaga qoʻshib olinishida oʻzining yetakchilik qobiliyatini namoyish etib, Avstriya prezidenti Vilgelm Miklas va kansler Shushnigni hibsga oldi.

Mana shu voqeadan soʻng Germaniya xavfsizlik xizmati (SD)ning yuqori martabali amaldorlari Skorseniyga jiddiy eʼtibor qaratishdi. U oʻzining baland boʻyi, jismonan baquvvatligi, jasorati, ayyorligi va yaxshi gʻoyalari bilan ajralib turar edi.

“Kristalli kecha”

1938-yil 10-noyabr kuni Skorseniy “Kristalli kecha” yoki “Sindirilgan shishalar kechasi”da ishtirok etdi. Ushbu kechada, aniqrog‘i 9-10 noyabr kunlari Germaniya, Avstriyaning bir qismi va Sudetlandda hujum otryadlari (SA) tomonidan yahudiylarga nisbatan hujum uyushtirilgan. Shu kechadan soʻng Skorseniy hashamatli villaning egasi boʻldi. Bu villaning egasi yahudiy “izsiz” gʻoyib boʻldi.

Otto Skorsenining sabotajchi va maxsus operatsiya oʻtkazish boʻyicha qobiliyatlari Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan oʻzini namoyon qila boshladi. Taʼkidlash joizki, Otto Skorseniy ishtirokida va bevosita rahbarligida amalga oshirilgan operatsiyalarga oid koʻplab hujjatlar keyinchalik ehtiyotkorlik bilan yoʻq qilingan.

Berlin, 1938-yil. "Kristalli kecha"dan so'ng

Ikkinchi jahon urushidagi ishtirok

Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Skorseni SS qoʻshinlari tarkibida Fransiya, Yugoslavidagi harbiy harakatlarda va Sovet Ittifoqiga qilingan hujumda faol ishtirok etdi. Skorseni 1941-yilning avgust oyida dizenteriya bilan kasallanib, gospitalga yotqizildi. Skorseni oʻzining xotira daftarlarida yozishicha, dekabr oyida Sovet Ittifoqi Moskva yaqinida qarshi hujumga oʻtganida, u oʻt pufagining yalligʻlanishi oqibatida ona shahri Venaga yuborilgan ekan. Shu bilan Skorzenining frontdagi faoliyati yakunlanadi.

Skorseni 1942-yilning bahorigacha Vena shahrida davolandi. 1943-yilning aprel oyida unga SS Hauptsturmfürer (kapitan) unvon berilib, dushman orqasida razvedka va sabotaj operatsiyalarini oʻtkazish uchun yaratilgan SS maxsus boʻlinmalariga rahbarlik qilish tavsiya etildi.

Isteʼdodli razvedkachi Shellenberg Skorseniyning qobiliyatini yuqori baholadi. Adolf Gitler va SS reyxsfyureri Geynrix Himmler shaxsan unga bildirgan ishonchi inobatga olinib, Skorseniyga xorijiy mamlakatlarda razvedka va qoʻporuvchilik faoliyatiga rahbarlik qilishni buyurildi. Otto Skorseni hatto bir koʻrinishda mutlaqo imkonsiz boʻlib tuyulgan operatsiyalarni ajoyib tarzda amalga oshira oldi.

Maʼlumotlarga koʻra, aynan unga Adolf Gitler va reyxsfyurer Geynrix Himmler Fransiyaning janubi va Ispaniya shimolidagi togʻlardan “Muqaddas Gral kosasi”ni qidirish boʻyicha oʻta maxfiy topshiriq bergan ekan.

Skorseniyga buyuk shuhrat olib kelgan operatsiya

Otto Skorseniyga buyuk shuhrat va shon-sharafni Italiya qirolining buyrugʻi bilan hibsga olingan fashistik diktator Benito Mussolinining ozod qilinishi olib keldi. 1943-yilda 23-iyul kuni Skorseniy shaxsan Adolf Gitlerdan Mussolinini ozod qilish toʻgʻrisida buyruq oldi. Maʼlumotlarga koʻra, Mussolini qayerdaligini aniqlash uchun ikki oy vaqt ketgan. Skorseniy 13-sentabr kuni maxsus oʻqitilgan parashyutchi-diversiyachilar otryadi bilan yoʻlga otlanadi. Ular oʻtib boʻlmaydigan Abruzzo viloyatidagi Gran Sasso togʻli hududiga qoʻndi. Mussolini “Campo Imperatore” mehmonxonasida edi. Operatsiya qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi. Maxsus guruh mehmonxonaga hujum qilib, Mussolini Gran Sassodan yengil samolyotda dastlab Rimga, soʻng Myunxenga olib ketildi.

Mussolini sogʻ-omon qutqargan Skorseniy, tez orada Germaniya qahramoniga aylandi. Uni uchinchi reyxning propaganda vaziri Gebbels qattiq qoʻllab-quvvatladi.

“tramplin” operatsiyasi

SS maxfiy xizmatining boshligʻi Obersturmbannfyurer “tramplin” deb nomlangan maxfiy operatsiyani ishlab chiqdi. Unga koʻra, Tehron konferentsiyasi vaqtida uch mamlakat (Buyuk Britaniya, AQSh, Sovet Ittifoqi) rahbarlarini oʻldirish ko‘zda tutilgan edi. Biroq bu operatsiya amalga oshmadi. Sababi Sovet razvedkachisi Nikolay Kuznetsov nemis razvedkasining rejalaridan xabardor edi. Uning bergan maʼlumotlari asosida razvedka guruhi Erondagi nemis rezidentsiyasini aniqladi va nemis shipiyonlarini qoʻlga oldi. Ular Skorseniy va maxsus kuchlargaTehronga qoʻnishi uchun tramplin tayyorlashi kerak edi.

1944-yil 20-iyul kuni Vermaxtning bir guruh yuqori martabali ofitserlari tomonidan Gitlerga nisbatan suiqasd amalga oshirildi. Skorseniy oʻsha kuni Berlinda edi. U qoʻzgʻolonni bostirishda qatnashdi va Fyurer shtab-kvartirasi bilan aloqa tiklanmaguncha 36 soat davomida quruqlikdagi kuchlar zaxirasining armiya shtab-kvartirasini nazorat qildi.

1944-yilning kuz oylariga kelib, qizil armiya Sovet Ittifoqining oldingi chegara chizigʻiga yetib keldi va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini birma-bir ozod eta boshladi. Shu vaqtda Otto Skorseniy Vengriyaga joʻnatildi. Sababi Vengriya pro-fashist diktatori Miklosh Horti oʻz jonini saqlab qolish uchun Sovet qoʻshinlariga taslim boʻlishga qaror qilgandi.

Skorseniy faqat bitta desant bataloni bilan Xortining saroyiga hujum qildi. U saroyni yarim soat ichida egallab oldi va uning yoʻqotishlari atigi yetti kishini tashkil qildi. Skorseniy diktator Miklosh Hortning oʻgʻlini Budapeshtdan oʻgʻirlab ketdi. Tahdid ostida qolgan Horti taxtdan voz kechdi va hokimiyatni nemisparast Ferens Salashi hukumatiga topshirdi. Shundan soʻng Vengriya to 1945-yilning aprel oyigacha, yaʼni Sovet qoʻshinlari tomonidan toʻliq magʻlubiyatga uchratilgunga qadar Germaniya tomonida urushda qatnashishda davom etdi.

1944-yilning dekabr oyida Skorseniy Adolf Gitler tomonidan Angliya-Amerika qoʻshinlari qoʻmondoni general Eyzenxauerni qoʻlga olishga qaratilgan “Vulture” operatsiyasiga masʼul etib tayinlandi. Rejaga koʻra, 2000 mingga yaqin ingliz tilida soʻzlashuvchi nemis jangchilari Amerika harbiylarining formasini kiygan holda, generalni oʻgʻirlashlari kerak edi. Ammo bu operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshmadi. Buning oqibatida Skorseniyning qoʻl ostidagi koʻplab askarlar asir olindi va otib tashlandi.

Tutqich bermas Skorseniy

Otto Skorseniy Berlin mudofaasida qatnashdi. U 1945-yil 15-may kuni amerikaliklar tomonidan qoʻlga olindi. Biroq Skorseniy amerikaliklar tomonidan hibsga olingani biroz gʻalati. Koʻplab tarixchilar, uni Amerika razvedkasi bilan hamkorlik qilgan deb taxmin qilishadi. Qoʻlga olingan Skorseniy Oberursel lagerida qattiq qoʻriqlandi. Otto Skorseniy deyarli ikki yarim yil qamoqda oʻtirdi. Amerika razvedka xizmati u bilan faol ishlaganiga shubha yoʻq. Sababi 1947-yilning sentabr oyida Skorseniy Daxaudadagi Amerika harbiy tribunalida namoyon boʻldi va barcha ayblovlardan ozod etildi. Biroq ko‘p o‘tmasdan u yangi Germaniya hukumati tomonidan hibsga olindi va Darmshtadtdagi lagerga yuborildi. Skorseniy 1948-yilning iyul oyida mutlaq sirli tarzda lagerdan qochib ketdi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, amerikaliklar yordami bilan Skorseniy Qoʻshma Shtatlarga qochib ketgan va u yerda maxsus desantchilar tayyorlagan.

Biroz vaqt oʻtib Skorseniy Fransiyada paydo boʻldi. 1951-yilda unga shaxsan diktator Franko tomonidan Pablo Lerno nomiga passport berilgan. Shundan soʻng   Otto Skorseniy Ispaniyada yashay boshladi. Maʼlumotlarga koʻra, Skorseniy Isroil razvedkasiga ham ishlagan va 1962-yilda Misr hukumati uchun raketa dasturi ustida ishlagan olim Xaynts Krugni oʻldirgan.

Sovet yozuvchisi Yulian Semenovning taʼkidlashicha, xorijdagi sayohatlari davomida u Otto Skorseniy bilan uchrashgan va hatto undan intervyu ham olgan.

Otto Skorseniyning Ikkinchi jahon urushidan keyingi hayoti haqida deyarli hech qanday ma’lumot mavjud emas. Biroq bir narsa ayonki, uchinchi reyxning birinchi raqamli sabotajchisi 1975 yilda vafot etgan.

 


Qiziqarli


														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

Bu ham qiziq

Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxonalar va ijara xonadonlariga joylashtirildi.
09:09 / 08.10.2026
Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni sotgan fuqaro ushlandi

Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni sotgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida 297 million so‘mlik qalbaki pullarni 148 million so‘mga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat …
09:34 / 07.10.2026
O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida…
16:24 / 07.10.2026
“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

7-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Shahriston” bekatida 1985-yilda ishlab chiqarilgan metro poyezdida texnik nosozli…
11:08 / 07.10.2026
“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 30-oktyabr kuni Toshkentda ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayev…
11:40 / 08.10.2026
Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

5-oktyabrdan Tojikiston va Eron fuqarolari uchun o‘zaro vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi. Endilikda ikki davlat fuqarolari …
09:51 / 07.10.2026
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 61,3 mlrd so‘mlik ijro ishlari davom etmoqda

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 61,3 mlrd so‘mlik ijro ishlari davom etmoqda

“Dok-1 Maks” dori vositasidan jabrlangan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirish bo‘yicha ijro ishlari da…
13:18 / 07.10.2026
Namanganda 12 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisi 2 yilga qamaldi

Namanganda 12 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisi 2 yilga qamaldi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 12 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Damas haydovchisi YTH sodir etib, bir bolan…
15:27 / 07.10.2026
“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!