$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Agar shu ketishda davom etaversak, uzoqqa bormasdan o‘z tilimizdan ayrilib qolamiz – Qozoqboy Yo‘ldosh

10:39 / 27.01.2022

Xabardor.uz “Intervyu” dasturining navbatdagi mehmoni O‘zbek tilining jonkuyarlaridan biri – pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev.
 
– Assalomu alaykum, uztoz. Biz uchun vaqt ajratganingiz uchun katta rahmat. Suhbatimiz hozirgi kundagi o‘zbek tilining ahamiyati haqida… 

Adabiyotshunos olim sifatida til masalasi va ziyoli o‘zbekning bu masala doirasidagi pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?

– Tilga munosabat bu – avvalo, odamning o‘ziga munosabatini belgilaydi. U, hatto, millatiga munosabati ham emas, o‘ziga hurmatni va o‘ziga muhabbatni belgilaydigan omil. O‘zining tilini bilmasdan turib, Aflotun bo‘lgan taqdirda ham u odam o‘zi o‘ylagan, o‘zi hisoblagan millatga mansub emas. 
Yana bir narsa, chet tilini, ya’ni o‘zga tilni bilishni insonning saviyasini ko‘rsatadigan yagona bir ko‘rsatkich deb qarash kerak emas. U birinchi navbatda – odamlikni, ikkinchi navbatda – mutaxassislikni va kasbni shakllantirishdan keyingi o‘rinda turadigan narsa. 

– Aslida o‘zbek tilini targ‘ib qilish bu millatchilik emasligini qanday ifodalash mumkin? 

– Biz juda uzoq yillar davomida “millatchilik” va “millatchi” degan so‘zlardan qo‘rqib yashadik. Cho‘lpon, Fitrat va Qodiriylar “men millatchi edim” deb ayta olardi. Ya‘ni men o‘z millatim vakillarini o‘qituvchi yoki ishchi desam, buni hech bir yomon joyi yo‘q-ku!  O‘qituvchi – o‘qitadi, ishchi – ishlaydi. Millatchi esa millati va yurti uchun kurashadi. Millatchi degan so‘zdan hech ham cho‘chimaslik kerak. 

– So‘zlashuv jarayonida ko‘plab chet tillaridan kirib kelgan, shu jumladan, rus so‘zlarini aralashtirib gapiramiz. Qanday qilsak yoki nima qilsak, suhbatimiz sof o‘zbekcha yangraydi?

– Hazrat Navoiy shunday aytganlar “Tilga ixtiyorsiz, elga e‘tiborsiz”. Buni o‘nlab ma‘nolari bor. Shulardan biri, ya‘ni sen og‘zingga kelganidek va odamlarga yoqadiganidek, tushunarli bo‘ladiganidek gapiraversang, bu elni mensimading degani. 

Bilasizmi, nimaga xalqimizning tiliga begona xalqlarning so‘zlari bunchalar yopirilib kirib kelgan? Nima sabab? Buni ham bizning ruhiyatimizdan qidirmoq kerak. Biz ko‘p yillar davomida o‘zimizga va o‘zimiz orqali tilimizga biroz mensimayroqmi-ey, biroz hijolat bo‘lib, uyalibroq qaraydigan kasalga yo‘liqqanmiz. Bu o‘qimaganligimizdan! Bilmaymiz, shuni, bilmagandan keyin qo‘llamaymiz. 

Olimjon Hasanov suhbatlashdi


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

Bu haqda kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini …
08:28 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026
22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Prezident qarori bilan, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga istisno vakolat berildi: u 2027-yil 1-fevralgacha vazir…
15:38 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!