24-aprel kuni Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayevga nisbatan sud jarayoni boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda, Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
U Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan 60 ming AQSh dollari miqdorida pora olishda ayblanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, himoya tomoni sud jarayonini Namangan hududida o‘tkazishga e’tiroz bildirgan. Shu sababli ish Farg‘ona viloyatida ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Anvarjon Otaxo‘jayev 2025-yil 2-sentabr kuni pora olishda gumonlanib qo‘lga olingan. Himoya tarafining ta’kidlashicha, u qo‘lga olish vaqtida voqea joyida bo‘lmagan, balki shaharning boshqa hududida uchrashuvda bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!