$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Amir Temurning qimmatbaho uzugi hozir qayerda?

10:33 / 03.11.2023

Amerika Qo‘shma Shtatlari shaharlaridan birida ilmiy-tidqiqot olib borayotgan tarixshunos olim, akademik Inoyotillo Shahroniy janoblarining ta’kidlashlaricha, bu uzuk sohibqiron Amir Temurga tegishli bo‘lib, uning gardishida quyidagi so‘z “Rosti-rusti” – “Kuch ado­latdadir” iborasi borligini va boshqa belgi­larni tahlil etadi. Aynan shu so‘zlar sohibqironga tegishli ekanligi tari­xiy ma’lumotlar o‘z aksini top­gan­ligi hammaga ma’lum. Bu olimning fikricha, aslida bu uzuk ilk bor turk xoqoni O‘g‘uzxonga tegishli bo‘lgan. Ushbu beba­ho durdona turk xoqonligi sulola­lari­dan avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tib, IX asrda Xolid Binni Barmak qo‘liga kelib tushganligi haqida ham rivoyat bor.


Aytishlaricha, turk shahzodalaridan biri Bag‘dod shahriga safar qilib, Xolid binni Barmakning huzuriga kirishga izn so‘raydi. Podshohning ijozati bilan uning qabuliga qadam qo‘yadi. Xolid binni Xolidning soniga bog‘langan, uni barcha xavf-xatardan, taomiga zaharli moddalar aralash­tiril­ganligi va boshqalardan ogoh qiluvchi moslama darhol tebrana boshlaydi. Podshohning amri bilan ushbu shahzoda hibs etilib, tintuv o‘tkaziladi, qo‘riqchilar uning qo‘lida­gi uzukni musodara qilishadi. Uzuk tahlildan o‘tkazilganda qimmatbaho brillianti borligi, gavharning tagida esa maxsus zahar saqlanadigan chuqurcha o‘yilganligi aniqlanadi. Xolid Binni Barmakning moslamasi va shahzodaning qo‘lidagi uzuk bir xil sehrli kuchga ega ekanligi tadqiqot­lar­dan keyin ma’lum bo‘ladi. Bu ikki jism o‘z egalariga tashqi va ichki xavf-xatar yoki taomga zaharli modda­lar aralashtirilgan bo‘lsa, darhol ogoh etuvchi belgilarni namoyon qilish xususiyatiga ega bo‘lgan.


Nurillo Tolqoniy­ning so‘zlariga qaraganda: “Ushbu uzuk Avstriyadagi muzeylardan biriga katta mablag‘ evaziga sotilgan”. Boshqa olimlar Zohirshoh janoblarining o‘zlari Italiyadagi muzeylardan biriga ushbu noyob topilmani sovg‘a qilib yuborgan degan fikr-mulohaza­larni ham bayon etishgan.
Bu g‘aroyib uzuk bilan Husayn Boyqaro barmoqlaridan olingan uzuk bir xil xususiyatlarga ega ekanligi Xalillo Xaliliy maqolasida ishonar­li ochib beriladi. U mazkur uzuk Husayn Bayqaro maqbarasidan topil­gan­ligini hamda ayni bir buyum ekanligini taxmin qiladi.


1965-yilda Hirot shahrida Xo‘ja Abdulla Ansoriyning tavallud topganligi ming yilligini nishon­lash munosabati bilan o‘tkazilgan jahon xalqaro qo‘lyozmalar ilmiy konferensiyasida Sulton Husayn Bayqaro va Mir Alisher Navoiy qabrlarini ochib, tegishli tadqiqot­lar o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. Shu qarorga asosan Rizo Moil Hiroviy, alloma Ustod Xalillo Xali­liy, akademik Salohiddin Saljuqiy va boshqa bir qancha xorijiy ekspertlar ishtirokida qabrlar ochilib, tadqiqot­lar olib borildi. Shunda Husayn Bayqaro jasadining o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ida g‘aroyib uzuk topiladi. Olimlar uni o‘rganishni boshlaydilar. Ustod Xalillo Xaliliy bu noyob topilmani o‘z qo‘li bilan Muhammad Zohirshohga tuhfa qiladi. Mazkur dalillarga asoslanib, shuni xulosa qilish mumkinki, bu ajoyib-g‘aroyib topilma sohibqiron Amir Temurdan uning avlodlariga meros bo‘lib o‘tgan.


O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining ayti­shiga ko‘ra, ushbu tarixiy uzuk bugungi kunda Amerikada Nyu-York shahri­dagi “Metropoliten” muzeyi­ning “Islom bo‘limi”da saqlana­yotganligi haqida ma’lumotlar bor. Shunga asoslanib, Muhammad Ali ushbu shaharga borganda, muzeyga qadam ranjida qiladilar, ammo bir tasodif tufayli shu bo‘lim ta’mirlash uchun yopilgan bo‘lib, uni ko‘rolmaydi.


Bunday nodir yodgorlik va qo‘lyozma asarlar qayerda saqlanishidan qat’i nazar, tariximiz, madaniyatimiz iftixori, buyuk Turon-Turkiston xalqlarining boy merosi hisob­lanadi.


Boshqa bir ma’lumotlarga qara­ganda, sohibqironning qo‘llarida bo‘lgan zarhal qilich hanuzgacha Eron mamlakatining Mashhad shahridagi muzeyda, salobatli sovut kiyimlari esa Turkiyada, “Temur tuzuklari” va Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ra­goniy” qo‘lyozmasi Fransiyadagi muzeylar­dan birida ekanligi qayd qilingan.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!