Ayni paytda, Andijon shahrining "Sarvontepa", "Farobiy", "Mustaqillikning 21 yilligi", "Hamdo‘stlik" hamda "Uzumzor" mahallalarida aholi uchun tez kunlarda qulay shart-sharoitlar taqdim etish maqsadida ish jarayonlari qizg‘in hamda tezkor sur’atlarda davom etmoqda. Alohida ta’kidlash joizki, Muhtaram Prezidentimizning tezkor topshiriqlari va zarur yordamlari bilan ushbu mahallalardagi 6 mingdan ziyod xonadon, 31 ming aholi foydalanishi uchun oqova suv tizimlarini butkul yangilash vazifasi amalga oshirilmoqda.
Quvonarlisi, mazkur loyiha yakunida yana qo‘shimcha 10 ming aholining ham xonadonlari yangi kanalizatsiya tizimiga ulanishi rejaga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni-kecha Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Andijondagi aholi muammolarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish davomida hududda kanalizatsiya tarmog‘ini va ushbu quvurlar olib o‘tilayotgan eski yo‘llarni to‘liq ta’mirlash kerakligi aniqlanib, Davlatimiz Rahbariga axborot berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!