Andijonda maktab o‘quvchilariga parta tashitgan direktor hamda o‘qituvchi jazolandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon shahridagi 37-umumta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari yaroqsiz jihozlarni olib chiqish uchun darsdan bo‘shagan bir guruh o‘quvchilarni parta tashishga yollagan.
Maktabda tizimli ish tashkil etmaganligi uchun maktab direktori hamda ChQB rahbariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz , 2021-yil 12-fevraldan boshlab voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!