Andijon viloyati ichki ishlar organlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 9 ta holatda ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 5 ta holatda 16 330 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o‘tkazish, 7 dona noqonuniy qurol, 84 ming donadan ortiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi holatlariga chek qo‘yilgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 20 nafar shaxs qo‘lga olingan.
“Bundan tashqari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilib, jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!