29-yanvar kuni Anqara shahrida Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti nashri Turkiya tashqi siyosat idorasidagi manbaga tayanib xabar berdi.
Uch tomonlama uchrashuv kun tartibi o‘zaro munosabatlarning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi.
“Uchrashuv kun tartibi uchta bo‘limdan iborat bo‘ladi: tashqi siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari, savdo, iqtisodiyot va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy transport tarmoqlari, transport va aloqalarni rivojlantirish”, - deyiladi xabarda.
Ushbu formatdagi birinchi uchrashuv 2022-yil 2-avgust kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!