$
12968.34 UZS
-6.64
132.32 UZS
-0.74
13492.26 UZS
-48.43
Kechasi -2°

Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshdi

18:41 / 28.01.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foiz oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi. Xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qo‘shimcha quvvat yaratildi. Natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, “yashil” energiya hissasi esa 16 foizga yetdi.

Shu davrda aholi daromadi 1,6 baravar o‘sgani, yangi turdagi maishiy texnikalardan foydalanilayotgani sababli xonadonlarda elektr iste’moli 21 milliard kilovatt soatdan oshdi. Bu 2016 yilgidan 2 baravar ko‘p.

2030-yilga borib, mamlakatimiz aholisi 41 millionga yetishi, iqtisodiyotimiz esa 1,5 karra o‘sishi kutilyapti. Shunga mutanosib ravishda, sanoatda 45 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish, xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, yirik Ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Buning uchun, avvalo, barqaror elektr ta’minoti zarur. Hisob-kitobga ko‘ra, 2030-yilda 117 milliard kilovatt soat, 2035-yilda esa 135 milliard kilovatt soat elektr energiyasi talab etiladi. Ya’ni, hozirgidan 1,7 baravar ko‘p.

Yig‘ilishda energetika vaziri shu maqsadga qaratilgan uzoq muddatli dasturni taqdimot qildi.

Qayd etilganidek, yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlari barpo etiladi. Ularni tizimga ulash uchun 7 ming kilometr magistral tarmoq qurilib, raqamlashtirilgan boshqaruv joriy qilinadi. Bu orqali hududlarda energiya balansi ta’minlanadi. Bir viloyatda elektr yetishmovchiligi bo‘lsa, boshqa joyda qo‘shimcha quvvatlar ishga tushiriladi. Bu ishlar uchun kelgusi besh yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga 4 milliard dollarlik investitsiya kiritish talab etiladi.

Yana bir muhim masala – elektr energiyasining tannarxini pasaytirish. Buning omili muqobil manbalarni ko‘paytirishdir. Xorijiy ekspertlar ham O‘zbekiston sharoitida “yashil” energiya imkoniyatlari ko‘pligini aytyapti.

Shundan kelib chiqib, 2030-yilga borib jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 3 mingta mikroGESda 164 megavatt, quyosh va shamol qurilmalari hisobiga 750 megavatt quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Kuni kecha davlatimiz rahbari resurs tejamkor iqtisodiyot modeliga o‘tish vaqti kelganini ta’kidladi.

Xususan, sanoatda energiya samaradorlik orqali qo‘shimcha 27 foiz yalpi ichki mahsulot yaratish imkoniyati bor. Hozir kimyo va metallurgiya bo‘yicha ayrim mahalliy korxonalarda energiya sarfi dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 2 karra, sement ishlab chiqarishda esa 1,2 barobar yuqori.

Shu bois, har bir tarmoq kesimida energiyani 10-15 foiz iqtisod qilish, 2030-yilda elektr energiyasi yo‘qotishlarini hozirgi 14 foizdan 8-9 foizgacha tushirish vazifa qilib olinmoqda.

Xorijiy investorlar bilan yana 26 milliard dollarlik 24 gigavattli loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan. Ularga ko‘p miqdorda uskuna va qurilish materiallari ishlatiladi. Bu yurtimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekani, loyihalarda mahalliylashtirish va kooperatsiyani rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. 

Iste’molchilarga barqaror va uzluksiz elektr yetkazib berish, sohada kadrlar tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mutasaddilarga bularning hammasini inobatga olib, elektr energetikasi sohasini 2035-yilgacha rivojlantirish dasturini tayyorlash topshirildi.


O‘zbekiston


														
														30-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

30-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
22:40 / 29.01.2025

														
														Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

29-yanvar kuni Anqara shahrida Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonl…
22:30 / 29.01.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Bu majmua tariximizda ilgari bo‘lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy …
20:44 / 29.01.2025

														
														Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
19:20 / 29.01.2025

														
														Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
18:42 / 29.01.2025

														
														23 kunlik chaqaloqning kuyishiga sabab bo‘lganlarga jinoyat ishi ochildi

23 kunlik chaqaloqning kuyishiga sabab bo‘lganlarga jinoyat ishi ochildi

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan kun chaqaloqning tug‘ilganiga 23 kun bo‘lgan edi.
16:37 / 29.01.2025

														
														2024-yilda aholiga “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida 12 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan

2024-yilda aholiga “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida 12 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan

2024-yilda 10 826 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 1…
15:39 / 29.01.2025

														
														1-apreldan cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi

1-apreldan cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi

“Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilin…
15:14 / 29.01.2025

														
														Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish uchun aylanma yo‘llardan foydalanishingizni tavsiya etamiz” – …
15:00 / 29.01.2025

														
														Yakkasaroyda yuk mashinasi yonib ketdi

Yakkasaroyda yuk mashinasi yonib ketdi

Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
14:16 / 29.01.2025

Bu ham qiziq

23 kunlik chaqaloqning kuyishiga sabab bo‘lganlarga jinoyat ishi ochildi

23 kunlik chaqaloqning kuyishiga sabab bo‘lganlarga jinoyat ishi ochildi

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan kun chaqaloqning tug‘ilganiga 23 kun bo‘lgan edi.
16:37 / 29.01.2025
1-iyundan chegara punktlarida avtomobillarga elektron navbat joriy etiladi

1-iyundan chegara punktlarida avtomobillarga elektron navbat joriy etiladi

“O‘zbekiston transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilin…
13:07 / 28.01.2025
Tramp transgenderlarga AQSh armiyasida xizmat qilishni taqiqladi

Tramp transgenderlarga AQSh armiyasida xizmat qilishni taqiqladi

Tramp allaqachon AQSh armiyasi bundan buyon faqat ikkita jinsni tan olishini aytgan edi: erkak va ayol.
10:36 / 28.01.2025
29-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

29-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja  iliq bo‘ladi.
22:37 / 28.01.2025
Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Bu majmua tariximizda ilgari bo‘lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy …
20:44 / 29.01.2025
Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
19:20 / 29.01.2025
1-fevraldan “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish boshlanadi

1-fevraldan “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish boshlanadi

Ovoz berish jarayonlari 20-martga qadar davom etadi.
10:16 / 28.01.2025
Kishan kiyma, bo‘yin egma…

Kishan kiyma, bo‘yin egma…

Tarixan o‘z ona yurti va xalqi erki yo‘lida jon fido qilgan qo‘mondon-u sarkardalarning qahramonliklariga ko‘plab misollarni…
12:51 / 28.01.2025
Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov …
10:29 / 29.01.2025
Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshdi

Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yich…
18:41 / 28.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!