$
11963.16 UZS
49.81
₽
142.33 UZS
-0.06
€
13390.36 UZS
61.7
31° Kechasi 18°

Antimonopoliya qo‘mitasi benzin narxini oshiradigan “zapravka”larni ogohlantirdi

09:08 / 07.12.2022

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxini oshiradigan AYOQSHlarni ogohlantirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Respublikaning ayrim hududlaridagi AYQShlarda Ai-80 benzinning chakana narxlari o‘rtacha 6 800 so‘mdan 7 100 so‘mgacha oshganligi kuzatilmoqda.

Joriy yilning 5-dekabr kuni birja savdolari natijasiga ko‘ra Ai-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun o‘rtacha 8 mln so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan noyabr oyiga nisbatan 4 foizga oshgan.

“Bunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan xarid qilingan benzin o‘rtacha 5-10 kundan keyin yuklab jo‘natiladi va sotuvga chiqariladi. Ya’ni, birja savdolarida kuzatilgan narx o‘sishi 10 kundan keyin AYQShlardagi chakana narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan avtomobil benzini narxlarini sun’iy oshirish, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, birja savdolariga qo‘yiladigan Ai-80 markali benzinning kunlik hajmlarini oshirish va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Xususan, joriy yilning 5-dekabr kunidan boshlab birja savdolariga qo‘shimcha 1 ming tonna Ai-80 benzini qo‘yilishi ta’minlandi. Shu munosabat bilan, Respublikadagi barcha AYQShlardan xalqimizni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilishi evaziga benzinga bo‘lgan talab oshganligi sababli asossiz qo‘shimcha daromad olish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari so‘raladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxlari doimiy monitoring qilib borilishi va narxlarni sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda ushbu sub’yektlarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qiladi”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026
Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki kema cho‘kdi, bir dengizchi halok bo‘ldi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki kema cho‘kdi, bir dengizchi halok bo‘ldi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida snaryadlar bilan hujumga uchragan ikkita kema cho‘kib ketdi. Hodisalardan birida ekipaj a’zolaridan…
10:12 / 15.10.2026
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz fa…
09:13 / 14.10.2026
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar kuchli yomg‘ir va shamol sabab ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar kuchli yomg‘ir va shamol sabab ogohlantirildi

Turkiyaning Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida kuchli yomg‘ir va shamol kutilayotgani sababli u yerda yashayotgan yok…
11:29 / 15.10.2026
Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatning ilg‘or rivojlanish hududlarida ishlaydigan xorijiy fuqarolarni rus tili, Rossiya…
09:50 / 14.10.2026
MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi amerikalik bloger Jimmy Donaldson, ya’ni MrBeastning O‘zbekisto…
11:58 / 14.10.2026
Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026
Zelenskiy iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

Zelenskiy iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’foga chiqishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u mamlakatdagi xa…
09:44 / 15.10.2026
Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026
O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Istanbul shahrida O‘zbekiston vakili Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidogu” maktab…
12:23 / 15.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!