Özbekistonda fuqaro aviatsiyasi sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaydigan yangi oliy ta’lim muassasasi — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi universiteti taşkil etiladi. Universitetni Yangi Toşkent hududida joylaştiriş uçun 20 gektar yer maydoni ajratiladi.
Bu haqda 27-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida transport-logistika sohasi vakillari, investorlar va tadbirkorlar bilan ötkazilgan uçraşuvda ma’lum qilindi.
Loyiha doirasida universitet hududida zamonaviy kampus, öquv-simulyatsiya majmualari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari barpo etilişi közda tutilgan.
Şuningdek, mahalliy uçuvçilarni tayyorlaş va ularni iş bilan ta’minlaş majburiyatini olgan aviakompaniyalar uçun qöşimça imtiyozlar joriy etiladi.
Xususan, uşbu kompaniyalar tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi. Ular uçun mehnat faoliyatiga ruxsatnoma rasmiylaştiriş yiğimi esa 30 barobar qisqartiriladi.
Yiğilişda mamlakat aviatsiya parkini kengaytiriş böyiça ham maqsadlar belgilandi. Unga köra, havo kemalari sonini kelgusi yilda 150 taga, 2030-yilga borib esa kamida 250 taga yetkaziş rejalaştirilgan.
Xalqaro aeroportlarning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş maqsadida ularga 2030-yilgaça mol-mulk va yer soliqlari böyiça imtiyoz beriladi. Biroq uşbu imtiyozlar natijasida tejaladigan mablağlar aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirişga sarflanişi şart böladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!