$
12502.99 UZS
-21.9
155.94 UZS
-0.6
14484.71 UZS
28.48
35° Kechasi 20°

AQSh sudida “qora shahzoda”ni qotillikda ayblab kiritilgan da’vo rad etildi

16:10 / 07.12.2022

AQSh poytaxti okrugi apellyatsiya sudi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga qarshi kiritilgan da’voni rad etdi. Sudya Jon Beyts shahzoda “suveren daxlsizlik” huquqiga ega ekanligi va shuning uchun jurnalistning oila a’zolari tomonidan unga qarshi berilgan da’vo rad etilishini ma’lum qildi.

Beytsning ta’kidlashicha, yaqinda prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Saudiya shahzodasiga immunitet berish bo‘yicha ko‘rsatilgan tavsiya sabab bu ishda uning qo‘lidan hech narsa kelmaydi.

Ushbu fuqaroviy da’voni rad etish to‘g‘risidagi qaror Saudiya Arabistoni taxti vorisi endi AQShga erkin kirishini anglatadi. Bu shahzodaning o‘zi kabi jinoyatda ayblangan bir qancha sheriklariga ham tegishli.

The Guardian nashrining ta’kidlashicha, agar ish yopilmaganida yoki undan ham battarroq, ya’ni shahzoda Qoshiqchi o‘ldirilishini uyushtirganlikda aybdor deb topilsa, bu AQShning moliyaviy manfaatlarini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lardi. Vashington esa bunga yo‘l qo‘ya olmadi.

Qoshiqchining o‘ldirilishi

Ar-Riyod siyosatiga oid tanqidiy maqolalari bilan tanilgan Jamol Qoshiqchi 2017-yildan beri AQShda yashagan va u yerda The Washington Post gazetasi bilan hamkorlik qilgan. U 2018-yil 2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligiga tashrif buyurganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Oʻsha yilning 20-oktyabrida Saudiya Arabistoni rasmiylari mojaro natijasida jurnalist diplomatik missiya binosida oʻldirilgani haqida xabar bergan edi.

2021-yil fevral oyida AQSh Milliy razvedka direktori idorasi Qoshiqchining o‘ldirilishi haqidagi hisobotni e’lon qildi. Amerika tomoniga ko‘ra, Saudiya valiahd shahzodasi operatsiyani shaxsan ma’qullagan, chunki u jurnalistni tahdid sifatida ko‘rgan.

AQSh ma’muriyati xorijdagi dissidentlarga tahdid qilgan va Qoshiqchi qotilligi ishida ishtirok etgan qirollikning 76 sub’ektiga qarshi viza sanksiyalarini e’lon qildi. Ar-Riyodda esa Vashingtonning ushbu xulosalari qat’iyan rad etildi.



														
														Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalariga chet el ta’sirini chekladi

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalariga chet el ta’sirini chekladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalariga oid yangi qonunni imzoladi. Ushbu qonunda chet ellik egal…
15:01 / 07.08.2025

														
														Osma ko‘prik qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Osma ko‘prik qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida osma ko‘prikning qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana 24…
10:15 / 07.08.2025

														
														Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi

Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi

Mamlakatning Guandun provinsiyasida iyuldan buyon chikungunya virusiga chalinish bilan bog‘liq 7000 dan ortiq holat aniqlang…
09:20 / 07.08.2025

														
														Polshadagi prezidentlik saylovida muxolifat tarafdori bo‘lgan mustaqil nomzod g‘alaba qozondi

Polshadagi prezidentlik saylovida muxolifat tarafdori bo‘lgan mustaqil nomzod g‘alaba qozondi

Karol Navroskiy mamlakat tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi
22:23 / 06.08.2025

														
														Bill Klinton va Hillari Klintonni Epshteyn ishi bo‘yicha sudga chaqirildi

Bill Klinton va Hillari Klintonni Epshteyn ishi bo‘yicha sudga chaqirildi

Epshteynning o‘zi 2019-yil qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotganda vafot etgan
21:34 / 06.08.2025

														
														Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Kreml shuningdek, Trampning ultimatumni amalga oshirishiga ishonmaydi, chunki u avvallar ham shunday tahdid qilgan, ammo hec…
17:41 / 05.08.2025

														
														Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Katta o‘rmon yong‘inlari 1-avgust kuni boshlangan va tez tarqalishda davom etmoqda.
16:03 / 05.08.2025

														
														Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Tashrif doirasida erkin savdo bitimi va Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha masalalar muhokama qilinishi bildirild…
12:35 / 05.08.2025

														
														Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ammo aksar qo‘lga tushganlarning ismlari oshkor etilmadi
21:56 / 04.08.2025

														
														OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

Kelishuvda sutkasiga 548 000 barrelgacha neft qazib olish ko‘zda tutildi
21:18 / 04.08.2025

Bu ham qiziq

Polshadagi prezidentlik saylovida muxolifat tarafdori bo‘lgan mustaqil nomzod g‘alaba qozondi

Polshadagi prezidentlik saylovida muxolifat tarafdori bo‘lgan mustaqil nomzod g‘alaba qozondi

Karol Navroskiy mamlakat tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi
22:23 / 06.08.2025
Osma ko‘prik qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Osma ko‘prik qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida osma ko‘prikning qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana 24…
10:15 / 07.08.2025
6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:59 / 05.08.2025
2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” reklama ishi bo‘yicha “Uzum Market” foydasiga qaror chiqardi

Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” reklama ishi bo‘yicha “Uzum Market” foydasiga qaror chiqardi

Qo‘mita bu holatni “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan noto‘g‘ri taqqoslash sifatida baholadi.
11:02 / 06.08.2025
Rossiyaning Novosibirsk shahrida qiyin ahvolda qolgan uch nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida qiyin ahvolda qolgan uch nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Bosh konsulxona tomonidan fuqarolarga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirilgan. Ular 4-avgust kuni “Uzbe…
10:19 / 06.08.2025
O‘zbekiston 6 oy davomida xorijga qariyb 30 mln dollarlik tarvuz eksport qildi

O‘zbekiston 6 oy davomida xorijga qariyb 30 mln dollarlik tarvuz eksport qildi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymat…
12:57 / 07.08.2025
Boks. O‘zbekistonning 9 nafar vakili Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

Boks. O‘zbekistonning 9 nafar vakili Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik yosh charmqo‘lqop ustalari Tailanddagi musobaqada eng ko‘p final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
17:36 / 06.08.2025
Ulug‘bek Inoyatov: “Avaza”da o‘tgan konferensiya dengizga chiqish yo‘lida muhim ahamiyatga ega”

Ulug‘bek Inoyatov: “Avaza”da o‘tgan konferensiya dengizga chiqish yo‘lida muhim ahamiyatga ega”

XDP fraksiyasi rahbari bu boradagi fikrlarini bildirib o‘tdi
19:48 / 06.08.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismida yo‘l harakati vaqtincha cheklanadi

Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismida yo‘l harakati vaqtincha cheklanadi

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan yurish tavsiya etildi
20:52 / 06.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!