AQShning Missisipi shtatida qo‘rqinchli niqoblar bilan bolalarni qo‘qitgan tarbiyachilarga jiddiy choralar ko‘rilishi mumkin. Ular bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblanmoqda. Tarbiyachilar bog‘cha bolalarini “Qichqiriq” filmidagi niqob bilan qo‘rqitgan.
Mazkur holat aks etgan video Facebook ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan hamda Monro okrugi sherifi ushbu ish bo‘yicha harakatlarni boshlagan. Yakunda, 5 kishi aybdor teb topilgan.
Bog‘cha ishchilaridan biri tarbiyalovchilarni “o‘zini yomon tutgan” ba’zi bolalarni shu yo‘l bilan tarbiyaga chaqirmoqchi bo‘lganini va bu ish “yomon niyatda” qilinmaganini aytgan.
Mazkur harakatlaridan so‘ng xodimlardan biri ijtimoiy tarmoqlar orqali kechirim so‘rab, tarbiyalashda ushbu shafqatsiz usuldan foydalanganiga afsusda ekanligini aytib o‘tgan.
Ammo, bir qancha ota-onalar kechirimning o‘zi yetarli bo‘lmasligini da’vo qilishgan. Ularning ta’kidlashicha, mazkur holat oqibatida farzandlarida psixologik o‘zgarishlar kuzatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!