$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Astma o‘z vaqtida davolanmasa jiddiy oqibatlarga olib keladi

10:06 / 22.05.2024

Dunyo aholisi orasida nafas a’zolari bilan bog‘liq xastaliklarga chalinish holatlari ortib bormoqda. Ulardan biri astma kasalligidir. Xo‘sh, u qanday xastalik? Uning o‘ziga xos belgilari, davolash usullari qanday?

Astma jiddiy yuqumli bo‘lmagan kasalliklar sirasiga kirib, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi va torayishi bilan tavsiflanuvchi surunkali o‘pka xastaligi hisoblanadi. Astma so‘zi yunon tilidan tarjima qilinganda “bo‘g‘ilish”, “og‘riq” degan ma’nolarni anglatib, u doimiy va takrorlanib turadigan bo‘g‘ilish xurujlari bilan kechadi.

Bronxial astma — bronxlarning allergik yoki infeksion sabablarga ko‘ra surunkali tarzda yallig‘lanishi hisoblanib, xastalik allergen omillarga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.

Tibbiyotda allergenlar asosan to‘rt guruhga ajratiladi: daraxt gullarining changi, uy changlari, hayvon yungi va boshqalar. Noallergik sabablar sifatida jismoniy yuklamalarning ko‘pligi, ruhiy tushkunlik, sovuq havo kabilarni kiritish mumkin. To‘g‘ri, sovuq havo, virusli infeksiyalar, o‘tkir hidlar, asabiylashish allergen hisoblanmaydi, biroq mazkur omillar astma xurujiga turtki bo‘lishi mumkin.

Xastalik kecha-yu kunduz muntazam yo‘tal, bo‘g‘ilish va nafas chiqarishning qiyinligi, jismoniy mashqlar paytida bo‘ladigan yo‘tal, ko‘krakning “hushtak” chalishi, allergenlar bilan muloqotda bo‘lganda xurujlarning qo‘zg‘alganligi hamda ko‘krak qafasidagi noqulaylik kabi belgilar bilan kechadi.

Bemorning nafasi qisilganda tananing diafragma sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Xuruj yo‘tal tutishi bilan birga kelib, bronxlar ichki yuzasidagi balg‘am chiqarib tashlangach, bemor ahvoli birmuncha yaxshilanadi. Kasallik xurujida o‘pka alveolalarida gazlar almashinuvi keskin susayadi. Bu esa organizmning kuchsizlanishi, nutq muammolari va taxikardiya (yurakning tez urishi)ni keltirib chiqaradi.

Shuningdek, ba’zilarda kasallik xuruji jismoniy yuklamalardan so‘ng yanada kuchayadi. Ayrimlar esa sovuq havoda nafas olganida ham o‘zini yomon his qiladi. Bu, albatta, tananing individual xususiyatiga bog‘liq.

Ushbu xastalikka jiddiy e’tibor qaratish va shifokor ko‘rsatmalariga so‘zsiz rioya qilish zarur. Aks holda turli ko‘ngilsiz hodisalar kelib chiqadi. Agar o‘z vaqtida muolaja qilinmasa, astma, hatto, intensiv davo talab qiluvchi og‘ir holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shu bois unga e’tiborsiz bo‘lish aslo yaramaydi.

Bu dard bilan og‘rigan insonlarga shifokorlar yilda ikki bor tabiat qo‘ynida, ayniqsa, archa ko‘p ekilgan sihatgohlarda hordiq chiqarishni tavsiya etadi.

Shuningdek, iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ham allergik ta’sirlardan xoli bo‘lishi talab qilinadi. Unutmang, agar hayot tarzingizda tartibga rioya qilmas ekansiz, bu xastalik bilan kurashish anchayin qiyin kechadi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!