O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Dubaydagi “Al Rashid” shifoxonasida qiyin ahvolga tushib qolgan va konsullik-huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan yurtdoshimiz O.K. vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, vatandoshimiz sog‘ligida kuzatilgan muammolardan shikoyat qilib, “Al Rashid” shifoxonasiga yotqizilgan. Muolaja davomida u 17 ming 835 AQSh dollari va BAA hududida uzrli sabab bilan bo‘lsa-da noqonuniy qolgani uchun 4 ming 550 AQSh dollari miqdorida qarz bo‘lgan. Shu sababli O.K.ga mazkur shifoxona va BAAni tark etish uchun taqiq qo‘yilgan.
Vujudga kelgan muammoni yaqindan o‘rganish va bartaraf etish maqsadida diplomatlar “Al Rashid” shifoxonasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan muzokara olib borgan.
Muzokaralar natijasida BAA tomoni hamyurtimizning barcha qarzlaridan voz kechdi va O‘zbekistonga qaytishiga izn berdi.
Bosh konsulxona va Amirliklardagi “Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi” xayriya tashkiloti tomonidan O.K.ga “Dubay – Toshkent” aviaqatnoviga chipta sotib olingan. Shundan so‘ng, 15-noyabr kuni sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!