Kecha Bahrayn deputati Muhammad Al-Balushiy falastinliklar bilan birdamlik kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirni u yerda AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya elchilari borligi sababli tark etgan. Ketishidan oldin esa quyidagi bayonotni bergan: “Falastin xalqi bilan birdamlik kunida G'azo sektoriga qarshi urush va genotsidni qo'llab-quvvatlayotgan AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya elchilari borligi uchun men norozilik sifatida marosimni tark etaman, ijozatinglar bilan!”, deya chiqib ketgan. Bu haqda Roya news nashri xabar berdi.
U ushbu fikrlar parlament spikerining emas, faqat o‘ziga tegishli pozitsiya ekanligini aytib o‘tgan.
Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida hamda BMTning Jeneva, Vena va Nayrobidagi idoralarida oʻtkaziladigan tadbir boʻlib, u odatda har yili 29-noyabr kuni nishonlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!