$
12275.58 UZS
-11.73
159.09 UZS
0.26
14591.98 UZS
-52.04
31° Kechasi 18°

Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi

09:15 / 16.06.2022

“Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalarida:

– o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari Prezident farmoyishiga ko‘ra tasdiqlanadi;

– bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi;

– magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o‘tkazilmaydi.

 Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi.

Talabalar o‘qishini davlat oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, davlat oliy taʼlim muassasalariaro talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

– talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

– davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Maʼlumot o‘rnida, xorijiy mamlakatlar hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish amaldagi tartibga muvofiq tashkil etiladi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining vakolatlari kengaymoqda. Jumladan, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. 


Bu ham qiziq

“Eng yaxshi startap g‘oyasi” g‘olibiga pul mukofoti beriladi

“Eng yaxshi startap g‘oyasi” g‘olibiga pul mukofoti beriladi

O‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, vilo…
10:11 / 13.02.2026
Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-fevral kuni imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgart…
15:51 / 12.02.2026
Yevroparlament Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni tasdiqladi

Yevroparlament Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni tasdiqladi

Ushbu ajratiladigan kreditning 60 milliard yevrosi harbiy ehtiyojlarga, qolgan 30 milliardi esa davlat byudjetini qo‘llab-qu…
14:00 / 12.02.2026
Prezident avtokredit stavkalarini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident avtokredit stavkalarini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shuningdek, avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 510 ming donaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
17:51 / 13.02.2026
2026-yilgi kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

2026-yilgi kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Bilimni baholash agentligi joriy o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 36 023 nafar abituriyent davlat granti asosida…
16:48 / 11.02.2026
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi tasdiqlandi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan…
17:57 / 12.02.2026
Endilikda pilla kooperativi tuzish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 million so‘mdan subsidiya ajratiladi

Endilikda pilla kooperativi tuzish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 million so‘mdan subsidiya ajratiladi

Uyida pilla yetishtiradigan ehtiyojmand oilalarga xonani jihozlash va uskuna uchun 20 million so‘mgacha foizsiz ssuda berila…
16:30 / 13.02.2026
Farg‘onada 34 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Farg‘onada 34 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro rahbarlik qilgan, jami 34 kishidan iborat jinoiy guruh Farg‘ona va Toshkent sha…
09:18 / 12.02.2026
Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“11-fevralga o‘tar kechasi bortida yurtdoshlarimiz bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi”, deb xabar…
17:41 / 12.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!