Ushbu ajratiladigan kreditning 60 milliard yevrosi harbiy ehtiyojlarga, qolgan 30 milliardi esa davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu haqda Yevroparlament saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.
Kredit 2026–2027-yillarda Ukrainani moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. Press-relizda ta’kidlanishicha, barcha mablag‘lar Kiyev demokratik boshqaruv tamoyillariga sodiqlik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va demokratik institutlarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarga rioya qilgan holda beriladi.
Kredit bo‘yicha birinchi to‘lov joriy yilning ikkinchi choragi boshida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bundan oldin mexanizm Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yanvar oyida uni Yevrokomissiya ma’qullagandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!