Suriya Tashqi ishlar vaziri As’ad ash-Shayboniy yangi Suriyaning fuqarolari etnik yoki diniy tarkibidan qat’i nazar teng huquqli bo‘lishlarini ta’kidladi. “Biz adolatsizlik va zulm sahifasini yopamiz. Har bir surgun qilingan kishi o‘z yurtiga xotirjam qaytishi mumkin”, – degan vazir.
“Bizning maqsadimiz barcha fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Suriya mintaqadagi asosiy o‘yinchi bo‘lish uchun mintaqaviy va xalqaro roliga qaytadi”, – deya qo‘shimcha qilgan u.
Shuningdek, As’ad ash-Shayboniy urush paytida sodir etilgan shafqatsizliklardan qayg‘uda ekanligini bildirgan.
“Odamlarning o‘limi aks etgan fotosuratlar bizni hayratda qoldirdi. Biz adolatni istaymiz va aybdorlarni qonuniy tartibda javobgarlikka tortamiz”, – deya ta’kidlagan u jinoyatchilar jazolanishiga ishontirib.
Vazirning ta’kidlashicha, Suriyaning yangi hukumati halok bo‘lgan shahidlar xotirasiga sodiq qoladi. Mahbuslar va qiynoq ostida halok bo‘lganlarning vasiyatlarini hurmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!