$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

Bog‘cha bolalari zaharlanishi ortidan ochilgan jinoyat ishini Bosh prokuratura nazoratga oldi

11:04 / 29.09.2025

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir nechta autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy korxonalar mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov ishi sinchkovlik bilan, to‘la va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tergov davomida ushbu autsorsing korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, tashxis-davolash ishlari tashkil etilgan.

Hozirda, tibbiy yordam ko‘rsatilgan bolalar orasida og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kasallanganlar mavjud emas, vaziyat shifokorlarning to‘liq nazoratida.

Shuningdek, yuqoridagi kabi holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida prokuratura organlari tomonidan barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga autsorsing shartnomasi asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berilishi ahvoli yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, uning yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

O‘zbekiston

														Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan qiymati 350 ming dollarga teng sintetik narkotik modda fosh etildi.
17:52 / 15.04.2026

														Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
17:29 / 15.04.2026

														16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:00 / 15.04.2026

														Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javokhir Sindarov bila…
16:14 / 15.04.2026

														“Xalqlar do‘stligi saroyi”dan bannerlar olib tashlandi

“Xalqlar do‘stligi saroyi”dan bannerlar olib tashlandi

Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi.
14:54 / 15.04.2026

														Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

11-mart kuni Toshkentda 3 nafar yigit haydovchilik guvohnomasiz, davlat raqami yechilgan hamda miltillovchi chiroqlar o‘rnat…
12:43 / 15.04.2026

														Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026

														Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sirdaryo viloyatida sud tizimi va bank sohasi vakillari ishtirok etgan korrupsion holat fosh etildi. Tezkor tadbir davomida …
11:43 / 15.04.2026

														Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekist…
10:29 / 15.04.2026

														Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

"Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni…
09:15 / 15.04.2026

Bu ham qiziq

Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyadan AQSh-Isroil operatsiyasidagi roli uchun kompensatsiya talab qil…
10:16 / 14.04.2026
Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
17:29 / 15.04.2026
Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Ukrainaning Zaporojye shahrida 15-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum oqibatida kamida bir nafar fuqaro halok bo‘ldi, bir…
11:27 / 15.04.2026
Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Sadir Japarov Qirgʻizistonda qishloq nomlarini oʻzgartirish tashabbusini ilgari surdi. Unga koʻra, mamlakatdagi rus tilidagi…
11:02 / 15.04.2026
Budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgan

Budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgan

Bosh rejasi yo‘q degan bahona bilan 2025-yilda yerni xususiylashtirish bo‘yicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan.
17:08 / 14.04.2026
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i …
17:30 / 14.04.2026
14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:50 / 13.04.2026
Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

“Toshkent-Aero” IBKning “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari giyohvandlik vositalarini yashirincha o…
15:10 / 13.04.2026
Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!