Erondagi prezidentlik saylovida hech bir nomzod 50 foizdan yuqori ovoz to‘play olmagani aniqlandi.
“Eron prezidenti saylovining ikkinchi bosqichi 5-iyul kuni bo‘lib o‘tadi” – dedi mamlakat saylov komissiyasi vakili Mohsen Eslami. “Nomzodlarning hech biri ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olmaganligi sababli, qonun bo‘yicha saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Saylovning keyingi bosqichi 5-iyul, juma kuni butun mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tadi” – degan u.
Eslatib o‘tamiz Eronda prezidentlik saylovi 28-iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi. IRNA ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning 482 viloyatidagi 58 mingdan ortiq saylov uchastkalarida 24,5 milliondan ortiq ovoz berilgan. Birinchi tur yakunlari bo‘yicha 10,4 milliondan ortiq ovoz olgan islohotchi Masud Pezeshkiyan yetakchilik qilmoqda. Uning asosiy raqibi, konservativ Said Jaliliga 9,4 milliondan ortiq kishi ovoz bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!