$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

Bu “avtoritar rejim”ga xos jamiyat mulozimining tahdidi

11:57 / 13.02.2023

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilib, bunday OTMlarning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishini aytgani xabar berilgan edi.

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev vazirning ushbu fikriga munosabat bildirib, mantiq va qonun chegarasiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar uzviy davom etayotganini qayd etgan.

“Bu normal jamiyat vaziri emas, “avtoritar rejim”ga xos jamiyat mulozimining tahdidi. Yangi vazirimiz ham avtokratiya yo‘lidan ketmoqda.

Darvoqe, nimalar deyapsan, haddingdan oshma deguvchi akalar: qancha xaspo‘shlamaylik bizni shundoq ham “avtoritar rejim”li davlatlar qatoriga qo‘shib qo‘yishgan. Buning asosiy sababi real ish qolib, ko‘p sohada xo‘jako‘rsinga ishlash, kattalarga “paxta qo‘yish” bilan vaqt o‘tkazayotganimiz.

To‘g‘risi men birorta ham normativ huquqiy hujjatda OTMlar bitiruvchilarni ishga joylashtirishga majburligi haqida qoidani ko‘rmaganman. OTM vazifasi sifatli ta’lim berish va agar tegishli ta’lim darajaga ega bo‘lsa bitiruvchiga diplom tutqazish. Tamom vassalom!

Qiziq: horijdagi nufuzli OTMlar masalan, Garvard, Oksfor, Kembridj kabilarga ham shunday talablar qo‘yilganmikan? Ular qanaqa vazirlarning talablaridan kelib chiqib shunday natijalarga erishgan? Bu savollar janob vazirga.

Bir narsa oydinlashib bormoqda: bu ketishda O‘zbekistonda birorta ham OTM yaqin orada top-500 talikka kirmasa kerak”, – deydi Kusherbayev.


Bu ham qiziq

Bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifik…
20:42 / 15.05.2025
Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Mamlakat rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa bu bitimga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
12:16 / 15.05.2025
Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Bugun “Man Siti” Angliya kubogi finalida o‘ynaydi.
10:49 / 17.05.2025
“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rs…
14:15 / 15.05.2025
YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

Odamlarning kundalik hayotiga dezinformatsiya, feyk, troll va bot kabi tushunchalar chuqur kirib borar ekan, davlatlarning x…
11:03 / 16.05.2025
Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazi…
12:01 / 15.05.2025
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz boshc…
19:36 / 16.05.2025
AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

Qo‘shma Shtatlarda The American nomli realiti-shousi tashkil etiladi.
11:47 / 17.05.2025
Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi. Bu haqda …
09:32 / 17.05.2025
Navoiyda zavod ishchilari 2 mlrd so‘mlik oltinni “uxlatmoqchi” bo‘lishdi

Navoiyda zavod ishchilari 2 mlrd so‘mlik oltinni “uxlatmoqchi” bo‘lishdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorli…
10:18 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!