$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini ta’minlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur – Mirziyoyev

19:47 / 13.01.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaasini boshqarish milliy markazini borib ko‘rdi. Bu haqida Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Mudofaa vazirligida barpo etilgan ushbu markaz qo‘shinlar boshqaruvining eng zamonaviy shakllarini mujassam etgan, barcha kuch tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borishga ixtisoslashgan. Majmua yuqori texnologik imkoniyatlari bilan yurtimiz havo sarhadlarini, o‘quv muassasalari va poligonlardagi mashg‘ulotlar jarayonini real vaqtda kuzatish, bo‘linmalarning harakatini trank aloqa orqali nazorat qilishni ta’minlaydi. 

Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda harbiy-ma’muriy sektorlarning ishtiroki, qo‘shinlarning kundalik va jangovar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar to‘planib, tizimli monitoring olib borilishi qayd etilgan.

Oliy Bosh Qo‘mondon ushbu markazda yaratilgan sharoitlar va texnik imkoniyatlar bilan tanishgan. Xususan, Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mudofaa tizimiga tezlik bilan integratsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

– Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini ta’minlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda markaz uchun dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqish kerak, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi davom etmoqda.


Bu ham qiziq

Toshkent shahrida ekologiyani asrash yuzasidan chora-tadbirlar asosida qurilish obyektlarida o‘rganishlar o‘tkazildi

Toshkent shahrida ekologiyani asrash yuzasidan chora-tadbirlar asosida qurilish obyektlarida o‘rganishlar o‘tkazildi

Toshkent shahrida qurilish jarayonlarida havo ifloslanishiga sabab bo‘ladigan omillarni oldini olish va bartaraf etish uchun…
11:49 / 04.12.2025
Ukraina va Irlandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

Ukraina va Irlandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Dublinga tashrifi chog‘ida Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin bilan Rossiyaning muzlat…
08:56 / 03.12.2025
Xitoy fazoga “Samarqand-2028” nomli sun’iy yo‘ldosh uchiradi

Xitoy fazoga “Samarqand-2028” nomli sun’iy yo‘ldosh uchiradi

Bu haqda “O‘zbekkosmos” xabar berdi.
10:23 / 03.12.2025
Putin frontdagi muvaffaqiyatlarning asosi nimada ekanligini aytdi

Putin frontdagi muvaffaqiyatlarning asosi nimada ekanligini aytdi

Putin Rossiya fuqarolari tomonidan maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilariga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashni frontdag…
17:32 / 03.12.2025
Odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Tergov hujjatlariga ko‘ra, ushbu ayol yuqori maosh va’dasi bilan qizlarni aldab Turkiyaga olib borgan, u yerda esa ularning …
17:58 / 02.12.2025
Prezident topshirig‘i bilan, Gulistondagi portlash bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirig‘i bilan, Gulistondagi portlash bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
18:00 / 03.12.2025
Gulistondagi portlash ortidan bir kishi qamoqqa olindi

Gulistondagi portlash ortidan bir kishi qamoqqa olindi

Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
12:00 / 03.12.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish ortidan bir oyda tizimga 132,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish ortidan bir oyda tizimga 132,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi or…
14:58 / 03.12.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

“Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi”, – deyiladi xabarda.
10:33 / 03.12.2025
4-dekabr kuni o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

4-dekabr kuni o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

4-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini…
16:06 / 03.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!