Guliston shahrida joylashgan oshxonada gaz portlagani ortidan bir kishi qamoqqa olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea kecha, 2-dekabr kuni soat 10:49 da “Taraqqiyot” MFYda joylashgan bozordagi ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa oqibatida qurbonlar borligi haqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi 2-dekabr kungi axborotida vafot etganlar yo‘qligini bildirgandi.
Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmatining 3-dekabrdagi xabarida ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. IIB vafot etganlar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmagan. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!