Sounterpoint Research xalqaro tahliliy kompaniyasi 2023-yilning uchinchi choragi uchun eng ommabop va eng ko‘p sotilgan smartfonlar haqidagi maʼlumotlardan iborat hisobotini eʼlon qildi.
Birinchi o‘rinni iPhone 14, keyingi o‘rinlarni mos ravishda iPhone 14 Pro Max, iPhone 14 Pro va iPhone 13 egalladi. Taʼkidlanishicha, iPhone 14 ketma-ket uch chorak davomida yetakchilik qilib kelmoqda.
Beshinchidan o‘ninchi o‘ringa to‘qqizinchidan tashqari Samsung qurilmalari joylashdi: Galaxy A14, A14 5G, A54, A04e va A34. To‘qqizinchi o‘rinda Redmi 12C joylashgan bo‘lib, u oldingi chorakga nisbatan uch pog‘onaga ko‘tarilib, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasida eng ko‘p sotilgan qurilma hisoblanadi.
Tahlilchilarning fikricha, ushbu 10 ta smartfon jahon savdosining 19 foizini tashkil qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!